Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYLOVCHILAR OLDIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
CHAMAN MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SHAHAR SOLIQ INSPEKSIYASIDA FUQAROLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SOLIQ INSPEKSIYASIDA KENGASH QARORLARI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLANGAN HUDUDDA FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANMOQDA
янв.21
NAMANGAN SHAHAR KENGASHI DEPUTATLARI PAXTA YIG‘IM-TERIMIDA ISHTIROK ETDILAR
янв.21
Majnuntol MFY hududidagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishildi
янв.21
Yoshlar festivali doirasida yoshlar bilan ishlash va profilaktika masalalariga e’tibor qaratildi
янв.21
“DAMBOG‘” MAHALLASIDA FUQARONING TIBBIY-IJTIMOIY VA KOMMUNAL MUAMMOLARI KO‘RIB CHIQILDI
BO‘RSILIQ MFY SAMAROBOD KO‘CHASIDAGI ESKI SIMYOG‘OCHLAR MASALASI DEPUTAT SO‘ROVI ASOSIDA NAZORATGA OLINDI

 Aholi bilan bevosita muloqot qilish, saylovchilarning murojaatlarini o‘rganish va hududdagi mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar oldiga qo‘yish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 18-“Buloqboshi” saylov okrugidan saylangan deputat Karimshikov Sabriddin Azimovich tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar, shuningdek, “Bo‘rsiliq” MFY nuroniylari va faollari bilan bo‘lib o‘tgan suhbatlar davomida hududdagi dolzarb masalalar o‘rganildi.
📌 Muloqotlar davomida Bo‘rsiliq MFY Samarobod ko‘chasidagi 11 dona eski va yaroqsiz holga kelgan simyog‘ochlarni yangilariga almashtirish masalasi aholi tomonidan ko‘tarildi.
⚠️ Fuqarolarning ta’kidlashicha, uzoq yillardan buyon foydalanib kelinayotgan mazkur simyog‘ochlarning texnik jihatdan yaroqsiz holga kelgani aholining haqli e’tiroz va xavotirlariga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, bunday holat elektr ta’minoti barqarorligi hamda aholi xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
📌 Mazkur masalani amaliy jihatdan hal etish maqsadida deputat Parkent tumani hokimi o‘rinbosari Sh. Akramov nomiga deputat so‘rovi yo‘lladi.
📌 Deputat so‘rovida “Bo‘rsiliq” MFY Samarobod ko‘chasidagi 11 dona simyog‘ochning texnik holatini o‘rganish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda qanday chora-tadbirlar rejalashtirilgani, ularni amalga oshirish muddatlari hamda hozirgi kunga qadar qanday amaliy ishlar olib borilayotgani haqida asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.
🏛 Deputatlik so‘rovi — aholining muammosini mas’ul tashkilotlar oldiga aniq va huquqiy asosda qo‘yish, uning ijrosini nazorat qilishning muhim vositasidir.
📌 Mazkur masalaning ijobiy hal etilishi nafaqat hududdagi elektr ta’minoti barqarorligini yaxshilash, balki fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va ularning haqli talablarini ro‘yobga chiqarish nuqtayi nazaridan ham muhim ahamiyatga ega.
➡️ Aholi murojaati — e’tiborda. Muammo — nazoratda. Natija — amaliy harakatda!

Slide 1 of 2