Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SO‘Z ODOBI — EL ODOBI
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATIGA OID HUJJATLAR TARTIBGA KELTIRILDI
янв.21
.OILAVIY-MAISHIY ZO‘RAVONLIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MAHALLALARDA HUQUQBUZARLIKLARNING BARVAQT OLDINI OLISH CHORALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
NAMANGAN SHAHRIDA QONUNIYLIKNI MUSTAHKAMLASH VA JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSINI TA’MINLASH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
SESSIYADA QABUL QILINGAN QARORLAR IJROSI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YAKKASADA MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALIY NATIJA BERMOQDA: CHORRAHAGA SVETOFOR O‘RNATILMOQDA
Xovuzak mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha faoliyat rejasi belgilandi

🏘 Xovuzak mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha faoliyat rejasi belgilandi
Xalq deputatlari Xovuzak tumani Kengashi deputati Xolmuratova tomonidan Xovuzak mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha faoliyat rejasi ishlab chiqildi.
📌 Faoliyat doirasida viloyat Kengashidan mas’ul deputat — G. Mustafayeva.
👥 Mahalla yettiligi vakillari:
🔹 J. Elmurodov — MFY raisi;
🔹 S. Nurmuhamedov — hokim yordamchisi;
🔹 A. Irgashev — yoshlar yetakchisi;
🔹 R. Mahmudova — xotin-qizlar faoli;
🔹 A. Shodmonov — profilaktika inspektori;
🔹 Sh. Xolmuradov — ijtimoiy xodim;
🔹 Z. Pulatov — soliq inspektori.
📊 Ijtimoiy reestrda 60 ta oila mavjud bo‘lib, shundan 15 tasi davlat ta’minotida, 44 tasi kambag‘al, 1 tasi kambag‘allik chegarasidagi oila hisoblanadi.
🎯 Faoliyat rejasida quyidagi asosiy vazifalar belgilangan:
🔹 38 nafar fuqaroga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish;
🔹 24 nafar fuqaroni ta’lim xizmatlari bilan qamrab olish;
🔹 12 nafar fuqaroga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;
🔹 18 nafar fuqaroni daromadli mehnat bilan ta’minlash;
🔹 11 ta oilaning yashash sharoitlarini yaxshilash;
🔹 Mahalladagi 14 nafar ishsiz fuqaroni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish va barqaror daromad manbaini yaratish;
🔹 2 ta mikroloyiha tashkil etish orqali kamida 14 ta ish o‘rni yaratish;
🔹 Uzoq muddatli mehnat migratsiyasida bo‘lgan 36 nafar fuqaroning oila a’zolari bilan ishlash, kam daromadli fuqarolarni qaytarish va ularning bandligini ta’minlash.
🏗 Mahalla infratuzilmasini yaxshilash yo‘nalishida:
▪️ Quvat Ravnak Saxiy ko‘chasini ta’mirlash;
▪️ 1,7 km uzunlikdagi Beruniy ko‘chasini mukammal ta’mirlash;
▪️ ichki ko‘chalarda tozalash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish;
▪️ ariqlarni tozalash ishlari belgilangan.
⚡️ Shuningdek, investitsiya dasturlari asosida:
🔸 Xovuzak MFY binosini mukammal ta’mirlash;
🔸 Ravnak va Kamalak ko‘chalaridagi podstansiyani 250 kVli yangi podstansiyaga almashtirish rejalashtirilgan.
🏥 Bundan tashqari, Xovuzak mahallasida keksalar va yosh bolalarni ko‘rikdan o‘tkazish hamda tibbiy muolajalarni amalga oshirish uchun zamonaviy talablarga javob beradigan tibbiyot binosini barpo etish vazifasi ham belgilangan.
📋 Mazkur vazifalarning ijrosi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilib, deputatlik nazorati asosida har hafta va har ikki haftada monitoring qilib boriladi.
🎯 Maqsad — Xovuzak mahallasida bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilash. 

Slide 1 of 1