Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SO‘Z ODOBI — EL ODOBI
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATIGA OID HUJJATLAR TARTIBGA KELTIRILDI
янв.21
.OILAVIY-MAISHIY ZO‘RAVONLIK VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
MAHALLALARDA HUQUQBUZARLIKLARNING BARVAQT OLDINI OLISH CHORALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
NAMANGAN SHAHRIDA QONUNIYLIKNI MUSTAHKAMLASH VA JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILMOQDA
янв.21
SESSIYA QARORLARI IJROSINI TA’MINLASH MASALALARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
SESSIYADA QABUL QILINGAN QARORLAR IJROSI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YAKKASADA MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALIY NATIJA BERMOQDA: CHORRAHAGA SVETOFOR O‘RNATILMOQDA
Boldir mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha faoliyat rejasi belgilandi

🏘 Boldir mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha faoliyat rejasi belgilandi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Shukurov O‘tkirjon Normamatovich tomonidan Boldir mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan faoliyat rejasi asosida ishlar tashkil etilmoqda.
📌 Mazkur yo‘nalishda:
🔹 Viloyat Kengashidan mas’ul deputat — G. Qo‘chqorova;
🔹 Tuman Kengashidan mas’ul deputat — U. Shukurov;
🔹 Biriktirilgan mas’ul — E. Musurmonov, tuman hokimi birinchi o‘rinbosari.
👥 Mahalla yettiligi vakillari bilan hamkorlikda ijtimoiy reestrdagi oilalar, ishsiz fuqarolar, mehnat migratsiyasidagi fuqarolar va infratuzilmaga oid masalalar bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
📊 Ijtimoiy reestrda 30 ta oila mavjud bo‘lib, shundan 10 tasi davlat ta’minotida, 8 tasi kambag‘al oilalar toifasiga kiradi.
🎯 Faoliyat rejasida quyidagi vazifalar belgilangan:
🔹 Ijtimoiy reestrdagi oilalarning 18 nafar a’zosiga ijtimoiy, 50 nafariga ta’lim, 5 nafariga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;
🔹 2 nafar fuqaroni daromadli mehnat bilan ta’minlash;
🔹 18 ta oilaning yashash sharoitlarini yaxshilash choralarini ko‘rish;
🔹 Mahalladagi 71 nafar ishsiz fuqaroni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish va ularning barqaror daromad manbaini ta’minlash;
🔹 4 ta mikroloyihani tashkil etish orqali kamida 8 ta yangi ish o‘rni yaratish;
🔹 Uzoq muddatli mehnat migratsiyasida bo‘lgan 173 nafar fuqaroning oila a’zolari bilan ishlash, kam daromadli oilalarga alohida e’tibor qaratish va ularning bandligini ta’minlash.
🏗 Infratuzilma yo‘nalishida esa Boldir mahallasini rivojlantirish hamda mahallalarni bog‘lovchi avtomobil yo‘lini ta’mirlash doirasida:
▪️ 2 dona transformator punktini mukammal ta’mirlash;
▪️ 1,8 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmog‘ini mukammal ta’mirlash;
▪️ 4,2 km ichki ko‘chalarda shag‘al tosh yotqizish;
▪️ ariqlarni tozalash, hududni obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
💻 Shuningdek, Boldir mahallasida yoshlarni xorijiy tillar va raqamli texnologiyalarga o‘qitishga mo‘ljallangan IT shaharcha bino va inshootlarini barpo etish hamda 5-maktab hududida kutubxona tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilangan.
📌 Mazkur ishlarning bajarilishi deputatlik nazorati asosida muntazam o‘rganib boriladi. Belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha monitoring har hafta va har ikki haftada amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Slide 1 of 1