Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
yoshlar ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Belgilangan ish rejasining ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Ustoz va murabbiylar — ezgu qadr va ehtirom timsoli
янв.21
Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik topshiriqlari ijrosi va saylovchilar murojaatlari tahlil qilindi
янв.21
5-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
27-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HAR BIR XONADON E’TIBORDA: IJTIMOIY KO‘MAK MANZILLI TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
5-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
yoshlar ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi

yoshlar ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar ekspert guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda hududdagi yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida yoshlar masalalariga oid qonunchilik hujjatlarini o‘rganish, mavjud muammolar yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqish va Kengashning doimiy komissiyalari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha fikr almashildi. Yoshlar maslahat guruhining nizomida ham yoshlar muammolarini aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va nazorat-tahlil tadbirlarida ishtirok etish vazifalari belgilangan.

Mazkur faoliyat 24 talik tavsiyaning yoshlar yetakchilari faoliyati va yoshlar bandligiga oid 1-bandi, shuningdek, aholi bandligiga oid 23-bandi bilan uyg‘un holda amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida Kengashning doimiy komissiyalari kesimidagi qonunlar taqsimotidan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-406-son, 2016-yil 14-sentabr hamda sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlari talablari asosida tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli taklif va vazifalar belgilab olindi.
 

Slide 1 of 3