Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
yoshlar ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Belgilangan ish rejasining ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Ustoz va murabbiylar — ezgu qadr va ehtirom timsoli
янв.21
Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik topshiriqlari ijrosi va saylovchilar murojaatlari tahlil qilindi
янв.21
5-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
27-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HAR BIR XONADON E’TIBORDA: IJTIMOIY KO‘MAK MANZILLI TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
5-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
O‘ZBEK ALIFBOSINI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA MUHIM O‘ZGARISHLAR MUHOKAMA QILINDI

O‘ZBEK ALIFBOSINI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA MUHIM O‘ZGARISHLAR MUHOKAMA QILINDI 1-son Namangan Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida o‘zbek tilining lotin yozuviga asoslangan alifbosini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan yangilanishlar mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.


Tadbirda Namangan viloyati hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi I. Qo‘chqarova, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev hamda Namangan shahar hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi A. Abdullayev ishtirok etdi.

Unda o‘zbek tilining lotin yozuviga asoslangan alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasida nazarda tutilayotgan o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Xususan, amaldagi 26 ta harf va 3 ta harf birikmasidan iborat alifboni 28 ta mustaqil harf hamda 1 ta tutuq belgisidan iborat shaklga takomillashtirish taklif etilayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, ikki belgidan iborat ayrim harf birikmalarini bitta harf bilan ifodalash nazarda tutilayotgani tushuntirildi:

🔹 G‘ g‘ → Ğ ğ
🔹 O‘ o‘ → Ö ö
🔹 Sh sh → Ş ş
🔹 Ch ch → Ç ç

Bundan tashqari, “Ng ng” harf birikmasidan voz kechish taklif etilayotgani qayd etildi.

Tadbir davomida mazkur o‘zgarishlarning ta’lim jarayoni, davlat tilida ish yuritish, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda kundalik yozuv amaliyotidagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

Muhim jihat: mazkur o‘zgarishlar qonun loyihasida nazarda tutilgan bo‘lib, qonun loyihasining qabul qilinishi hamda uning amaliyotga joriy etilishi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Shu bois mavjud hujjatlarni darhol yangi shaklga almashtirish talabi yuzaga kelmaydi.

Tadbir ishtirokchilariga alifbodagi yangilanishlarning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglash, ularni ta’lim va ish yuritish jarayonlarida qonunchilikda belgilangan tartib asosida qo‘llash yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦 

Slide 1 of 10