Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
yoshlar ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Belgilangan ish rejasining ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Ustoz va murabbiylar — ezgu qadr va ehtirom timsoli
янв.21
Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik topshiriqlari ijrosi va saylovchilar murojaatlari tahlil qilindi
янв.21
5-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
27-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HAR BIR XONADON E’TIBORDA: IJTIMOIY KO‘MAK MANZILLI TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
5-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
“Do‘stlik” mahallasida fuqarolar murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholi bilan bevosita muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni aniqlash hamda ularni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 11-“Do‘stlik” saylov okrugi deputati S.Xodjayeva “Do‘stlik” mahallasida bo‘lib, fuqarolar murojaatida ko‘rsatilgan Taraqqiyot ko‘chasidagi holatni joyiga chiqib o‘rgandi.

O‘rganish davomida Taraqqiyot ko‘chasi, 58-sonli ko‘p qavatli uy oldidagi oqova suv qudug‘ida nosozlik yuzaga kelgani sababli atrofga yoqimsiz hidlar tarqalayotgani aniqlandi. Shuningdek, xonadonlarga quvur tortilgan ayrim joylarda ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilmagani ham ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rish, nosozliklarni bartaraf etish hamda hududning sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil etish belgilandi.

Fuqarolar murojaati — deputatlik nazoratida!

Slide 1 of 3