Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
yoshlar ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Belgilangan ish rejasining ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Ustoz va murabbiylar — ezgu qadr va ehtirom timsoli
янв.21
Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik topshiriqlari ijrosi va saylovchilar murojaatlari tahlil qilindi
янв.21
5-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
27-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HAR BIR XONADON E’TIBORDA: IJTIMOIY KO‘MAK MANZILLI TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
5-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Zuhro mahallasida bolalar maydonchalaridagi sharoitlar o‘rganildi

Bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shu bois mahallalarda bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish ham deputatlik nazoratining dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvardagi O‘RQ-139-son “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunida bolaning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, uning to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi uchun zarur sharoitlarni yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilangan.

Mazkur qonun ijrosini joylarda o‘rganish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi 15-Zuhro saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov Zuhro mahallasi raisi B.Soliyeva hamda mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim A.Abdurahimov hamrohligida hududdagi bolalar maydonchalarini ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish davomida mahalladagi bolalar maydonchalarida bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, xavfsiz harakatlanishi va dam olishi uchun yaratilgan sharoitlar holatiga e’tibor qaratildi.

Xususan, 49-ko‘p qavatli uy oldida joylashgan bolalar maydonchasida mavjud sharoitlar yetarli darajada emasligi aniqlandi. Mazkur holat bolalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish nuqtayi nazaridan alohida e’tibor talab etishi qayd etilib, muammoni bartaraf etish masalasi deputatlik nazoratiga olindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va bolalar maydonchasidan foydalanish uchun zarur sharoitlarni yaxshilash yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi nazoratga olindi.

Deputatlik nazoratining bunday shakli mahallalarda nafaqat mavjud muammolarni aniqlash, balki ularni amaliy hal etish, ayniqsa, bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 6