Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
yoshlar ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Belgilangan ish rejasining ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Ustoz va murabbiylar — ezgu qadr va ehtirom timsoli
янв.21
Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik topshiriqlari ijrosi va saylovchilar murojaatlari tahlil qilindi
янв.21
5-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
27-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HAR BIR XONADON E’TIBORDA: IJTIMOIY KO‘MAK MANZILLI TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
5-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
523-SON QAROR IJROSI DEPUTATLAR E’TIBORIDA

523-SON QAROR IJROSI DEPUTATLAR E’TIBORIDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida kam ta’minlangan oilalar farzandlarining kuni uzaytirilgan guruhlarda o‘qishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash masalasi muhokama qilinadi.
📌 O‘rganish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 523-son qarori bilan belgilangan vazifalarning tumandagi ijrosi tahlil qilinadi.

Deputatlar tomonidan, xususan:
▫️ kam ta’minlangan oilalar farzandlarini aniqlash va ro‘yxatga kiritish holati;
▫️ kuni uzaytirilgan guruhlarda o‘qish istagidagi bolalar ro‘yxatining shakllantirilishi;
▫️ ro‘yxatlarning tegishli tashkilotlar bilan kelishilishi va Kengashga kiritilishi;
▫️ ota-onalar bilan shartnomalar tuzilishi;
▫️ to‘lovlarning belgilangan tartibda va o‘z vaqtida amalga oshirilishi;
▫️ bolalarning kuni uzaytirilgan guruhlarga qatnashishi va davomatining yuritilishi;
▫️ ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi;
▫️ amaliyotda uchrayotgan muammo va kamchiliklar o‘rganiladi.
📋 Shuningdek, maktablar kesimida tegishli hujjatlar, bolalar ro‘yxati, shartnomalar, to‘lovlar va davomat ma’lumotlari tahlil qilinib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Asosiy maqsad — kam ta’minlangan oilalar farzandlarining ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularga belgilangan ijtimoiy ko‘makning manzilli va o‘z vaqtida yetib borishini ta’minlash hamda qaror ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish. 

Slide 1 of 1