Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Bolajonlarga mehr va e’tibor ko‘rsatildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va yashash sharoitlari o‘rganildi
янв.21
PQ-402-sonli qaror ijrosi o‘rganildi
янв.21
AHOLI FAROVONLIGI VA ENERGIYA TEJAMKORLIK — AMALDA
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Mehnat faxriysiga yuksak ehtirom va e’tibor
янв.21
Deputat Mirzayeva Roxiliya Axmedovna tomonidan fuqarolar qabuli tashkil etildi
DEPUTAT NAZORATI

Sardoba tumani Kengashi kotibyati bosh mutaxasisi L.Toshquvvatov tomonidan “Biz dori-darmonlarning noqonuniy aylanmasiga qarshimiz” loyihasi doirasida Tuman tibbiyot birlashmasi Qo‘rg‘ontepa mahallasida joylashgan moddiy-texnik bazasi holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida bosh hamshira bilan birgalikda tibbiy muassasaning mavjud jihozlari, mebel va boshqa zarur shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Jarayonda muassasada stol-stullar yetishmasligi, qo‘shimcha va zamonaviy jihozlarga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.
Mazkur kamchiliklar aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yana-da oshirish va tibbiyot xodimlari uchun zarur sharoitlarni yaratish nuqtai nazaridan muhokama qilindi.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarga murojaat qilish, mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha amaliy yordam so‘rash hamda belgilangan tartibda deputatlik so‘rovi kiritish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Deputatlik nazorati doirasida aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ularda zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3