Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Bolajonlarga mehr va e’tibor ko‘rsatildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va yashash sharoitlari o‘rganildi
янв.21
PQ-402-sonli qaror ijrosi o‘rganildi
янв.21
AHOLI FAROVONLIGI VA ENERGIYA TEJAMKORLIK — AMALDA
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Mehnat faxriysiga yuksak ehtirom va e’tibor
янв.21
Deputat Mirzayeva Roxiliya Axmedovna tomonidan fuqarolar qabuli tashkil etildi
«Sayopir» saylov okrugida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Po‘lat Quvandiqovich Raxmonov 9-«Sayopir» saylov okrugida mahalla raisi Komiljon Bekturdiyev bilan birgalikda okrug hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida ichki yo‘llarni shag‘allashtirish, ko‘chalarga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, piyodalar yo‘laklarini qurish, yangi transformatorlar o‘rnatish hamda yo‘llarga asfalt yotqizish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mazkur ishlarga tuman Kengashi tomonidan ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan maʼlumotlar o‘rganilib, tegishli maʼlumotlar Kengash kotibiyatiga taqdim etish uchun shakllantirildi.