Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Bolajonlarga mehr va e’tibor ko‘rsatildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati deputatlar nazoratida
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari va yashash sharoitlari o‘rganildi
янв.21
PQ-402-sonli qaror ijrosi o‘rganildi
янв.21
AHOLI FAROVONLIGI VA ENERGIYA TEJAMKORLIK — AMALDA
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masalalar muhokama qilindi
янв.21
Mehnat faxriysiga yuksak ehtirom va e’tibor
янв.21
Deputat Mirzayeva Roxiliya Axmedovna tomonidan fuqarolar qabuli tashkil etildi
«Sayopir» mahallasida aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi raisi Xushnudbek Romanberganovich Sultonov «Sayopir» mahallasida bank xodimining aholi bandligini taʼminlash borasida olib borayotgan ish faoliyati samaradorligini o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahallada ishsiz aholi qatlamini ish bilan taʼminlash, aholining daromad manbalarini ko‘paytirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida bank tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Xususan, bank xodimi tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni tadbirkorlikka jalb etish, ularga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishda amaliy ko‘mak ko‘rsatilayotgani ijobiy holat sifatida qayd etildi.
Shuningdek, aholi bandligini taʼminlash, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish orqali ularning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini taʼminlash muhim vazifalardan biri ekanligi taʼkidlandi.

Slide 1 of 1