Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Lola MFY hududida PQ-330 doirasidagi mablag‘lar sarfi o‘rganildi ⚡️🛣
янв.21
Ibrat MFYda PQ–330-sonli qaror ijrosi deputat ishtirokida nazorat qilindi
янв.21
Gubog‘ hududida fuqarolar muammolari o‘rganildi
янв.21
📌 Lola MFYda PQ-330 mablag‘lari sarfi nazorat qilindi: elektr tarmoqlari va asfaltlash ishlari ⚡️🛣
янв.21
📌 Oydinko‘l mahallasida ajratilgan mablag‘lar sarfi o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar o‘rganildi va nazoratga olindi
янв.21
G‘azal mulkining sultoni — Alisher Navoiy
янв.21
PAYSANBA: FAOLIYAT VA MAS’ULIYAT KUNI (Deputatlik vazifalarini samarali va mas’uliyatli bajarish kuni)
янв.21
🏛 Jonli muhokama jarayoni davom etmoqda.
янв.21
Muhokama jarayonidan jonli axborot
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.

Sessiya ishini Kengash raisi Sh.Negmatov olib bordi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:

✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi “Samarqand viloyatida investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-407-son qarori ijrosi bo‘yicha viloyat hokimining o‘rinbosari O.Xamrayevning hisoboti;

✅Samarqand viloyati mahalliy byudjetining 2024-yil yillik ijrosi bo‘yicha viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Mirzayevning hisoboti;

✅Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasining 2024-yildagi faoliyati yuzasidan boshqarma boshlig‘i S.Jabbarovning hisoboti to‘g‘risida;

✅xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2023-yil 27-dekabrdagi “Samarqand viloyatining 2024-yilgi mahalliy byudjetni tasdiqlash to‘g‘risida” VI-94-126-7-0-K/23-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida;

✅Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani “Chimboyobod” MFY hududida tashkil etilgan “Pastdarg‘om” maxsus sanoat zonasining bosh rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;

✅Fuqarolar yig‘inlari raislari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga ko‘maklashish to‘g‘risida;

✅xalq deputatlari viloyat Kengashi huzurida ekspert guruhi tashkil qilish to‘g‘risida;

✅xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati tomonidan deputat so‘rovini yuborish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida;

✅xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasida davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining hisobot (axborot)larini eshitishning tartibini tasdiqlash to‘g‘risida;

✅xalq deputatlari viloyat Kengashi qarorlari loyihalarini ishlab chiqish hamda ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uslubiyotini tasdiqlash to‘g‘risida;

✅xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan qonunlarni ko‘rib chiqish va muhokama qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida.

✅O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida.

✅"Viloyatda “Zarbdor tajribasi” asosida sanoat, xizmat va qishloq xo‘jaligi sohalarida amalga oshiriladigan drayver loyihalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish va ma’qullash haqida.

Slide 1 of 6