📌 Oydinko‘l mahallasida ajratilgan mablag‘lar sarfi o‘rganildi
Namangan shahar Oydinko‘l MFY hududida PQ-330-son qarori asosida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Dehkanov Narimon Burhonjonovich tomonidan o‘rganildi.
Tekshiruv davomida mablag‘larning dastlabki qismi mahallada elektr ta’minotini yaxshilash uchun ajratilgani, qolgan qismi esa hududni asfaltlash ishlariga yo‘naltirilishi rejalashtirilgani aniqlandi.
Mazkur ishlar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.