Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
RAVNAQ MFYDA FUQARO MUROJAATI O‘RGANILIB, MUAMMOLARNI HAL ETISH BO‘YICHA CHORALAR BELGILANDI
янв.21
MUAMMOLAR TINGLANDI, TASHABBUSLAR QO‘LLAB-QUVVATLANADI
янв.21
“BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!” — SOG‘LOM HAYOT TARZINI TARG‘IB ETUVCHI OMMAVIY TADBIR
янв.21
HAR BIR MAHALLADA BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIK MASALASI — ANIQ NATIJA MEZONIDA
янв.21
KASB-HUNAR — MUNOSIB DAROMAD VA YANGI IMKONIYATLAR GAROVI
янв.21
NAMANGAN SHAHAR FHDYO BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” JARAYONINING 2-MAVSUMI YAKUNLARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
IMKONIYAT — YANGI HAYOT SARI OCHILGAN ESHIK
янв.21
OLIY MAJLIS SENATINING 19-YALPI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
IMKONIYAT — YANGI HAYOT SARI OCHILGAN ESHIK
O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid qonun targ‘ib qilindi

#deputat_faoliyati

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga oid qonun targ‘ib qilindi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati Q. Safarov tomonidan Davlat xizmatlari markazida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-son Qonuni mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida mazkur Qonunning maqsadi, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishning huquqiy asoslari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, fuqarolarga qonunda belgilangan tartib va talablar, murojaat qilish mexanizmlari hamda davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar tushuntirildi.
Targ‘ibot davomida fuqarolarning savollariga javoblar berilib, yer va mulk huquqlarini qonuniy tartibda rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonunlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot ishlari davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt