Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
RAVNAQ MFYDA FUQARO MUROJAATI O‘RGANILIB, MUAMMOLARNI HAL ETISH BO‘YICHA CHORALAR BELGILANDI
янв.21
MUAMMOLAR TINGLANDI, TASHABBUSLAR QO‘LLAB-QUVVATLANADI
янв.21
“BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!” — SOG‘LOM HAYOT TARZINI TARG‘IB ETUVCHI OMMAVIY TADBIR
янв.21
HAR BIR MAHALLADA BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIK MASALASI — ANIQ NATIJA MEZONIDA
янв.21
KASB-HUNAR — MUNOSIB DAROMAD VA YANGI IMKONIYATLAR GAROVI
янв.21
NAMANGAN SHAHAR FHDYO BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” JARAYONINING 2-MAVSUMI YAKUNLARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
IMKONIYAT — YANGI HAYOT SARI OCHILGAN ESHIK
янв.21
OLIY MAJLIS SENATINING 19-YALPI MAJLISI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
IMKONIYAT — YANGI HAYOT SARI OCHILGAN ESHIK
#munosabat

🔰#munosabat

Ko‘ksaroy qarorgohidagi bugungi uchrashuv — yurtimiz shaxmatining xalqaro maydondagi yuksak natijalariga berilayotgan e’tiborning yorqin ifodasidir.
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasining tarixiy g‘alabasi xalqimiz uchun katta quvonch bo‘ldi. Jamoamiz 200 dan ziyod mamlakat vakillari qatnashgan nufuzli musobaqada yuksak mahorat, iroda va tafakkurni namoyon etdi.
Ayniqsa, shaxmatchilarimizning davlatimiz rahbari tomonidan munosib e’tirof etilgani, g‘oliblar va ularning murabbiylari davlat mukofotlari bilan taqdirlangani yosh avlod uchun ham katta rag‘batdir.
Bugungi yutuqlar shuni ko‘rsatadiki, bilim, intellekt va mehnat bilan dunyo miqyosida katta natijalarga erishish mumkin. Yoshlarimizning shaxmatga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning iste’dodini qo‘llab-quvvatlash kelajakdagi yangi g‘alabalar uchun muhim zamin yaratadi.
🏆 G‘alabalaringiz muborak bo‘lsin, aziz shaxmatchilar! Yangi zafarlar sari olg‘a!

Latofat Behbudova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi,


🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt