Deputatlik so‘rovi yuborildi
Hududlarda olib borilgan o‘rganishlar davomida Uchqizil MFY, Bog‘zor ko‘chasida yashovchi fuqarolarning toza ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammosi aniqlandi.
O‘rganish davomida ko‘chada markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti mavjud emasligi, shu bilan birga, hudud yaqinidan ichimlik suvi tarmog‘i o‘tkazilganligi, biroq xonadonlar mazkur tarmoqqa ulanmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Shu munosabat bilan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.
So‘rovda:
🔹 mavjud ichimlik suvi tarmog‘ining texnik imkoniyatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish;
🔹 Bog‘zor ko‘chasidagi xonadonlarni mavjud tarmoqqa ulash imkoniyatini ko‘rib chiqish;
🔹 zarur texnik va tashkiliy choralarni belgilash;
🔹 muammoni imkon qadar qisqa muddatda bartaraf etish choralarini ko‘rish so‘raldi.
Shuningdek, ko‘rilgan choralar va amalga oshirilgan ishlar natijasi yuzasidan yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.
📌 Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarni o‘rganish va ularning amaliy yechimini topish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.