Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida seminar-trening o‘tkazildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-51-V-son qarorining 5-bandiga muvofiq, tuman va shahar hokimliklari zimmasiga Kengashlar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda faoliyatini namunali tashkil etish vazifasi yuklatilgan.
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYADA MUHOKAMA ETILADI
янв.21
65-Xalqaro Gullar festivaliga tayyorgarlik ishlari jadallashtirilmoqda
янв.21
PROKURATURA HISOBOTI ESHITILDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Toshmatova Hakima Rahimjonovna tomonidan 12-Dambog‘ saylov okrugida saylovchilarni qabul qilish jadvali tasdiqlangan.
янв.21
GAPPAROVA SOHIBA JAMOLITDINOVNA — Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati
янв.21
Yoshlar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi
янв.21
Madaniy meros obyektlari o‘rganildi
DEPUTAT TASHABBUSI VA O‘Z MABLAG‘LARI HISOBIDAN AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA

DEPUTAT TASHABBUSI VA O‘Z MABLAG‘LARI HISOBIDAN AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Toshmatova Xakimaxon tashabbusi bilan Ma’rifat mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Qo‘qon ko‘chasidan o‘tuvchi yo‘lni kesib o‘tgan holda suv oqimini Dambog‘ mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ariqqa yo‘naltirish bo‘yicha amaliy ishlar tashkil etildi.

Mazkur tashabbus doirasida deputat tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan ariqlarni tozalash ishlari yo‘lga qo‘yildi, zarur lotoklar hamda quvurlar xarid qilinib, o‘rnatish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, belgilangan tartibda barcha tegishli tashkilotlardan ruxsatnoma (order) olindi.

Hududda olib borilayotgan mazkur ishlar aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, suv oqimini tartibga solish hamda infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan.

Ishlar deputat hamda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi mas’ulligida amalga oshirilib, jarayonlarga tegishli tashkilotlarning malakali mutaxassislari jalb etilishi belgilangan.

Slide 1 of 6