Deputat Xalilov Bahodir “Xalq bilan birga” shiori ostida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
🗣 Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Xalilov Bahodir tomonidan “Xalq bilan birga” shiori ostida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
📋 Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalar, hudud infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy soha, bandlik, kommunal xizmatlar hamda mahalla hayotiga oid qator murojaatlar tinglandi.
🤝 Shuningdek, aholi tomonidan bildirilgan taklif va muammolar yuzasidan tegishli mutasaddilar ishtirokida muhokama olib borilib, ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
🏛 Mazkur uchrashuv aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, ularning muammolariga yechim topish hamda xalq manfaatlarini himoya qilish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.
✔️ Deputat va xalq o‘rtasidagi ochiq muloqot — hudud ravnaqi hamda aholi farovonligini ta’minlashning muhim omilidir.