“Deputat mahallada” loyihasi asosida – ochiqlik va shaffoflik ruhidagi uchrashuv
🏛 Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati I. Atabayev tomonidan Lola mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan ochiq va samimiy ruhdagi uchrashuv tashkil etildi.
🤝 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat alohida e’tibor bilan tinglanib, ko‘tarilgan muammo va takliflar deputatlik vakolati doirasida ko‘rib chiqilishi hamda tegishli tartibda hal etilishi belgilab olindi.
📋 Shuningdek, murojaatlar yo‘nalishidan kelib chiqib, ularni qonunchilik asosida hal etish bo‘yicha fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
📝 Bildirilgan taklif va muammolar deputat tomonidan nazoratga olinishi, ularning yechimi yuzasidan tegishli ishlar izchil olib borilishi ta’kidlandi.
🌿 Mazkur ochiq muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot o‘rnatish, ularning muammolarini eshitish hamda amaliy yechimlar sari intilishdan iborat bo‘lib, uchrashuv ochiqlik, shaffoflik va samimiylik ruhida o‘tdi.
✨ “Deputat mahallada” loyihasi doirasidagi bunday uchrashuvlar aholi murojaatlarini o‘rganish, muammolarni joyida hal etish va xalq bilan muloqotni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.