Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
yoshlar ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Belgilangan ish rejasining ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Ustoz va murabbiylar — ezgu qadr va ehtirom timsoli
янв.21
Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik topshiriqlari ijrosi va saylovchilar murojaatlari tahlil qilindi
янв.21
5-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
27-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HAR BIR XONADON E’TIBORDA: IJTIMOIY KO‘MAK MANZILLI TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
5-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
“Oila — jamiyat tayanchi”

“Oila — jamiyat tayanchi”

Joriy yilning 14-may kuni tumandagi 9-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Oila — jamiyat tayanchi” mavzusida yoshlar bilan uchrashuv va davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Ibragimova Nilufar Ergashovna, mahalla faollari hamda yoshlar yetakchilari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida deputat tomonidan yosh avlodga oilaning jamiyat hayotidagi o‘rni, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, oilaviy munosabatlarda hurmat va mas’uliyat muhimligi, shuningdek, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash masalalari yuzasidan atroflicha tushunchalar berildi.

Shuningdek, erta nikohning salbiy oqibatlari, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirish borasida fikr almashildi.

Uchrashuv davomida yoshlar kitobxonlikka, kasb-hunar egallashga hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishga da’vat etildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

 

Slide 1 of 1