Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24 TALIK TAVSIYA IJROSI DOIRASIDA 1-UMUMTA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
24 TALIK TAVSIYA IJROSI DOIRASIDA NAMANGAN SHAHAR
янв.21
SAYLOVCHILAR OLDIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
DEPUTAT S. GAPPAROVA SAYLOVCHILAR OLDIDA HISOBOT BERDI
янв.21
CHAMAN MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SHAHAR SOLIQ INSPEKSIYASIDA FUQAROLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SOLIQ INSPEKSIYASIDA KENGASH QARORLARI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLANGAN HUDUDDA FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANMOQDA
янв.21
NAMANGAN SHAHAR KENGASHI DEPUTATLARI PAXTA YIG‘IM-TERIMIDA ISHTIROK ETDILAR
Nogironligi bo‘lgan fuqarolar bandligini ta’minlash — kuchli ijtimoiy himoya va inklyuziv jamiyat sari muhim qadam

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bandligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, 2025-yil 8-mayda qabul qilingan PF-85-sonli Farmon nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, ish beruvchilar uchun subsidiya, soliq imtiyozlari va rag‘batlantirish mexanizmlarini kengaytirdi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, “Adolat” SDP a'zosi Xusainov Alisher Abduvahobovich tomonidan mazkur qarorlar ijrosini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

📍Deputat tashabbusi bilan Inson ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida:
🔹 2025-yilda Chilonzor tumanida 54 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolar ish bilan ta’minlandi;
🔹 Joriy yilning may oyida esa 1- va 2-guruh nogironligi bo‘lgan 18 nafar fuqaro ishga joylashtirildi.

✅Natijada deputat faoliyati davomida jami 72 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolar munosib ish o‘rinlariga ega bo‘ldi.

✨Bu tashabbuslar Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “hech kimni ortda qoldirmaslik” tamoyilining amaliy ifodasi bo‘lib, har bir fuqaroning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4