Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Majnuntol MFY hududidagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishildi
янв.21
Yoshlar festivali doirasida yoshlar bilan ishlash va profilaktika masalalariga e’tibor qaratildi
янв.21
“DAMBOG‘” MAHALLASIDA FUQARONING TIBBIY-IJTIMOIY VA KOMMUNAL MUAMMOLARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
LOLA” MAHALLASIDAGI MUROJAAT VA INFRATUZILMA MASALALARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
CHORVACHILIKNI RIVOJLANTIRAYOTGAN TADBIRKOR AYOL FAOLIYATI BILAN TANISHILDI
янв.21
3-SONLI TEXNIKUMDA KASBGA O‘QITISH JARAYONI BILAN TANISHILDI
янв.21
OLIY MAJLIS SENATORI YOSHLARNING MUAMMO VA TAKLIFLARINI TINGLADI
янв.21
3-SONLI TEXNIKUM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
OLTI TOSH MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGI BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
31-MAKTABDA TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
Qiziriq tumani Kengashi faoliyati samaradorligi o‘rganildi
Qiziriq tumani Kengashi faoliyati samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari E.Isoqov hamda S.Ukatamovlar tomonidan Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi faoliyati samaradorligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida tuman Kengashi hamda deputatlar tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, saylovchilar bilan olib borilayotgan muloqotlar, deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, Kengash kotibiyati tomonidan deputatlarga amaliy, tashkiliy va uslubiy jihatdan ko‘maklashish, deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini o‘z vaqtida tashkil etish hamda ularni ijtimoiy tarmoqlarda yoritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Jarayon davomida mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida olib borilayotgan ishlar, yangi qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish hamda nazorat-tahlil tadbirlarini amalga oshirish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, deputatlarga biriktirilgan 96 ta qonun ijrosini hududlarda o‘rganish, aholining murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va hal etish, murojaatlar ijrosini nazoratga olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

O‘rganish davomida Kengash kotibiyatida hujjatlar bilan ishlash holati, ijro intizomi, deputatlik so‘rovlari va murojaatlarining yuritilishi hamda tegishli hujjatlarning rasmiylashtirilish jarayonlari ham ko‘zdan kechirildi.

Deputatlarning hududlardagi faolligi, aholi bilan ishlash tizimi, mahallalarda mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar ijobiy baholandi.

O‘rganish yakunida mavjud ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, hujjatlar bilan ishlash sifatini yanada oshirish, ijro intizomini mustahkamlash hamda deputatlik faoliyati samaradorligini yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
Slide 1 of 4