Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
yoshlar ekspert guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Belgilangan ish rejasining ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Ustoz va murabbiylar — ezgu qadr va ehtirom timsoli
янв.21
Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik topshiriqlari ijrosi va saylovchilar murojaatlari tahlil qilindi
янв.21
5-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA
янв.21
27-SONLI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HAR BIR XONADON E’TIBORDA: IJTIMOIY KO‘MAK MANZILLI TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
5-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Mironov Sergey Aleksandrovich 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Mironov Sergey Aleksandrovich 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga 1–Chashma saylov okrugidan saylangan deputat Mironov Sergey Aleksandrovich Аbay MFY hududida saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi. Unda mahalla raislari, mahalla “yettiligi” vakillari hamda fuqarolar ishtirok etdi.

📝 Deputat o‘z axborotida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan mahallalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash, hududlarni obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, Абай MFY hududida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etdi.

📁 Ta’kidlanganidek, deputat hisobot davrida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyalarida hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, hududdagi muammolarni hal etish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda ularning ijobiy yechim topishiga qaratilgan takliflarni ilgari surgan.

📉 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan hududdagi bir qator dolzarb masalalar ko‘tarildi. Jumladan, kommunal xizmatlar sifati, ichki yo‘llarni ta’mirlash hamda hududni yanada obodonlashtirish bilan bog‘liq takliflar bildirildi. Mazkur murojaatlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish belgilandi.

🔺 Uchrashuv yakunida deputat tomonidan fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, ayrim masalalar ijobiy hal etildi, qolgan dolzarb masalalar esa belgilangan tartibda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etilishi ta’kidlandi.

🗣 Yig‘ilish yakunida barcha murojaatlar deputatlik nazoratiga olinishi va ularning ijrosi yuzasidan tizimli ishlar olib borilishi alohida qayd etildi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 6