XALQ DEPUTATLARI NAMANGAN SHAHAR KENGASHI
HAFTALIK ISH REJASI (23–27 fevral)
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi tomonidan joriy hafta davomida quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:
🟠 23 fevral
Namangan shahrida ichki yo‘llarni saqlash va ta’mirlash bo‘yicha ishlab chiqilgan manzilli dastur loyihasini “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”sida ko‘rib chiqish.
🟠 24 fevral
19-Mingchinor saylov okrugida “Deputat va yoshlar uchrashuvi” tadbirini o‘tkazish.
🟠 25 fevral
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasini o‘tkazish.
🟠 26 fevral
“Deputatlar kuni” munosabati bilan saylov okruglarida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, hududlardagi muammolarni o‘rganish va nazorat-tahlil ishlarini amalga oshirish.
🟠 27 fevral
“Mahalla yettiligi” xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazish.
👍 Mas’ullar: Kotibiyat mudiri va bosh mutaxassislar