Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI NAMANGAN SHAHAR KENGASHI
янв.21
Муносабат
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NAMANGAN SHAHR KENGASHI
янв.21
Boburshoh MFYda manzilli o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
NAMANGAN SHAHAR 1-SON TEXNIKUMIDA “UCH AVLOD UCHRASHUVI” TASHKIL ETILDI.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, masalalar nazoratga olindi
янв.21
MAHALLALARDA MUAMMOLAR O‘RGANILDI VA NAZORATGA OLINDI
янв.21
MUAMMOLAR OʻRGANILDI VA YECHIMLAR BELGILANDI
янв.21
Депутат—маҳаллада: Гулбоғда мулоқот, масъулият ва амалий қадамлар
янв.21
Депутат—маҳаллада: Муаммолар ўрганилди ва ечимлар белгилаб олинди
Payshanba: deputatlik tashrifi va joylardagi o‘rganishlar

Payshanba: deputatlik tashrifi va joylardagi o‘rganishlar

Keyingi manzil sifatida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat Isakov Rustam Raxmanovich aholi xonadonlariga tashrif buyurib, xonadonlarda tashkil etilgan issiqxona va yog‘och buyumlardan tovoq, lagan hamda chinni oshxona buyumlarini yasovchi hunarmandlik faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 

Tashrif davomida hunarmandlarning ish jarayoni, mahsulot sifati, tayyorlash usullari va issiqxonadagi faoliyatning unumdorligi batafsil o‘rganildi.

Mazkur jarayonda bandlikni ta’minlash, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va tajribali mutaxassislar tomonidan “usta–shogird” an’analarini joriy etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Shu orqali mahalladagi hunarmandchilik va issiqxona faoliyati qo‘llab-quvvatlanib, hududdagi iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 7