Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining haftalik ish rejasi (16–20 mart)
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat Isakov Rustam Raxmanovich “Sharq Tongi” MFYda sayyor qabul o‘tkazdi
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATI
янв.21
Deputat Zafar Sapayev Madaniy-maorif MFYda aholi murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
O‘zMTDP shahar Kengashi deputatlik guruhi tomonidan mansabdor shaxslar eshituvi o‘tkazildi.
янв.21
8-mart bayrami munosabati bilan ayol deputatlar taqdirlandi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NAMANGAN SHAHAR KENGASHI HAFTALIK ISH REJASI (10–13 mart)
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Sohiba Gapparova saylov okrugida bo‘lib, hududdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
2-Dambog‘ saylov okrugidan saylangan deputat tomonidan Dambog‘ mahallasida ariqalarni tozalash va suv o‘tkazish masalasi o‘rganildi
янв.21
“Obi-hayot” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi bilan yig‘ilish o‘tkazildi
Aholi muammolarini hal etishda tuman Kengashi deputatlarining “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi natijali bo‘lmoqda

Hududlarni rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar ijrosi samaradorligini yanada oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 15-yanvar kunidagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35–V-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash uchun Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlarining saylov okrugidagi mahalla fuqarolar yig‘inlariga tuman Kengashi deputatlari tasdiqlangan RO‘YXAT bo‘yicha biriktirildi. Shunga asosan tuman Kengashi deputatlari hududlarda “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlikda deputatlik faoliyatlarini amalga oshirmoqdalar.

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 10-Yangiyer saylov okrugidan saylangan deputati Tangirov Tursunqul Xo‘jaqulovich “Yangiyer” mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” bilan suhbat o‘tkazib, har birlarining sohaviy faoliyatlari bilan yaqindan tanishdi.

Jarayonda Deputat “mahalla yettiligi” xodimlari tomonidan aholi muammolarini hal etilishi holatlariga ham e’tibor qildi. Yechimini topmayotgan masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli ma’sul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqarish va ijrosi ta’minlanishi yuzasidan choralar ko‘rilishi belgilab olindi.

Shundan so‘ng, deputatning o‘ziga “Yangiyer” mahallasida yashovchi fuqarolar Pirimqulova Nafisa 18-yoshgacha bolalar nafaqasi va Boboqulov Abdurazzoq uy-joy ta’miri masalalari to'g'risida qilgan murojaatlari yuzasidan fuqarolar xonadoniga bordi. Holat bo‘yicha murojaatchlar vajlari deputat tomonidan diqqat bilan o‘rganildi. O‘rganish yakunida fuqarolarga muammoni hal etish to‘g‘risida tegishli tushuntirish va yo‘nalishlarni berdi. Bu bo‘yicha deputatlik nazoratiga olindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish» (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-sonli qarori asosida Muzrabot tumani “Yangiyer” MFYda amalga oshirilayotgan qurilish, ta’mirlash ishlarining bajarilish holatlari ham deputat tomonidan o‘rganildi.

Slide 1 of 14