Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Firibgarlikka qarshi ogohlik — davr talabi
янв.21
Ogoh bo‘ling, firibgar!
янв.21
Ramazon oyida inson qadri ulug‘lanmoqda: ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi o‘n oltinchi sessiyasi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Gaffarova Shoira Shavkatovnaning ta’lim va ma’naviyat masalalariga bag‘ishlangan maqolasi
янв.21
Kengashning doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida rejalashtirilgan kapital qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat Rustamjon Isaqov Namangan shahridagi “Chorsu bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat Rustamjon Isaqov tomonidan Sharq Tongi MFY, Samarqand 4-o‘tish yo‘li 43-xonadondagi fuqaro Askarov Komiljon holidan xabar olindi.
янв.21
Deputat — mahallada: muammolar o‘rganilib, yechimlar belgilab olindi
Firibgarlikka qarshi ogohlik — davr talabi

Firibgarlikka qarshi ogohlik — davr talabi

Bugungi kunda firibgarlik jamiyatimiz uchun jiddiy tahdidlardan biriga aylanmoqda. Fuqarolarning huquqiy ongini oshirish va ularni turli aldov usullaridan himoya qilish maqsadida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan “Ogoh bo‘ling, firibgar!” aksiyasi doirasida targ‘ibot tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

📌 Shu munosabat bilan partiya Namangan shahar Kengashi tomonidan Respublika ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy markazi viloyat hududiy bo‘limida davra suhbati tashkil etildi.

✔️ Tadbirda partiya shahar Kengashi raisi Mirzarahmat Olimov hamda Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Zafarjon Sapayev ishtirok etib, firibgarlikning turli ko‘rinishlari, uning sodir etish usullari va oldini olish choralari xususida atroflicha ma’lumot berdilar.

❕ Uchrashuv davomida hayotiy misollar asosida fuqarolar ogohlikka chaqirildi hamda huquqiy savodxonlikni oshirishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 4