Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI NAMANGAN SHAHAR KENGASHI
янв.21
Муносабат
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NAMANGAN SHAHR KENGASHI
янв.21
Boburshoh MFYda manzilli o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
NAMANGAN SHAHAR 1-SON TEXNIKUMIDA “UCH AVLOD UCHRASHUVI” TASHKIL ETILDI.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, masalalar nazoratga olindi
янв.21
MAHALLALARDA MUAMMOLAR O‘RGANILDI VA NAZORATGA OLINDI
янв.21
MUAMMOLAR OʻRGANILDI VA YECHIMLAR BELGILANDI
янв.21
Депутат—маҳаллада: Гулбоғда мулоқот, масъулият ва амалий қадамлар
янв.21
Депутат—маҳаллада: Муаммолар ўрганилди ва ечимлар белгилаб олинди
Deputat tomonidan 6-sonli DMTT faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati Raximqulov Jamshid Yo‘ldoshovich navbatdagi o‘rganish ishlari doirasida saylov okrugida joylashgan 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdi. Tashrif jarayonida muassasaning kundalik faoliyati, bolalar tarbiyasi va ta’lim jarayonining tashkil etilishi, shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. 🟦Deputat, avvalo, bolalarning sog‘lom ovqatlanishi masalasiga alohida e’tibor qaratib, oshxona faoliyati, ovqat tayyorlash jarayoni hamda tasdiqlangan menyuga amal qilinayotganini o‘rgandi. Shu bilan birga, bog‘cha hududida sanitariya holati, xonalar tozaligi, gigiyenik talablarning bajarilishi va bolalar salomatligi uchun zarur shart-sharoitlar mavjudligi ham tahlil qilindi. Tarbiyalanuvchilar mashg‘ulot o‘tayotgan xonalar, o‘yinchoqlar va o‘quv jihozlarining holati, shuningdek, ochiq havodagi sayr maydonchasi va xavfsizlik masalalari yuzasidan ham muassasa rahbariyati bilan suhbatlashildi. O‘rganish yakunida mavjud yutuqlar bilan bir qatorda, ayrim yo‘nalishlarda yanada takomillashtirish zarurligi ta’kidlanib, mas’ullar bilan hamkorlikda tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 1