Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI NAMANGAN SHAHAR KENGASHI
янв.21
Муносабат
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NAMANGAN SHAHR KENGASHI
янв.21
Boburshoh MFYda manzilli o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
NAMANGAN SHAHAR 1-SON TEXNIKUMIDA “UCH AVLOD UCHRASHUVI” TASHKIL ETILDI.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, masalalar nazoratga olindi
янв.21
MAHALLALARDA MUAMMOLAR O‘RGANILDI VA NAZORATGA OLINDI
янв.21
MUAMMOLAR OʻRGANILDI VA YECHIMLAR BELGILANDI
янв.21
Депутат—маҳаллада: Гулбоғда мулоқот, масъулият ва амалий қадамлар
янв.21
Депутат—маҳаллада: Муаммолар ўрганилди ва ечимлар белгилаб олинди
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

 🏛 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI  

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 22-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputati A. To‘xtashov tomonidan “Oyinli” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 17-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti (MTT) faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida muassasada tarbiyalanayotgan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, guruh xonalarining holati, issiqlik tizimi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida ko‘rilgan tayyorgarlik choralari bilan tanishildi.

Shuningdek, tarbiyalanuvchilarning sog‘lom va xavfsiz muhitda ta’lim-tarbiya olishini ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlari sifati va saqlanishi, hamda pedagog xodimlar tomonidan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar holati ham ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan zarur choralar belgilandi.

Deputatlik nazorati tadbirlari maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish hamda ularning sog‘lom va xavfsiz muhitda tarbiyalanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2