Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI NAMANGAN SHAHAR KENGASHI
янв.21
Муносабат
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NAMANGAN SHAHR KENGASHI
янв.21
Boburshoh MFYda manzilli o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
NAMANGAN SHAHAR 1-SON TEXNIKUMIDA “UCH AVLOD UCHRASHUVI” TASHKIL ETILDI.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, masalalar nazoratga olindi
янв.21
MAHALLALARDA MUAMMOLAR O‘RGANILDI VA NAZORATGA OLINDI
янв.21
MUAMMOLAR OʻRGANILDI VA YECHIMLAR BELGILANDI
янв.21
Депутат—маҳаллада: Гулбоғда мулоқот, масъулият ва амалий қадамлар
янв.21
Депутат—маҳаллада: Муаммолар ўрганилди ва ечимлар белгилаб олинди
Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 17-Bo‘rsiliq saylov okrugidan saylangan deputati Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich o‘z okrugidagi “Qo‘shshukr” MFY yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalar muhokama qilindi. Xususan, mahalla ayollari o‘rtasida mavjud muammolar, ko‘makka muhtoj, nogironligi bo‘lgan hamda kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, hududdagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, ko‘cha chiroqlarini yoritish hamda ichimlik suvi ta’minotidagi mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan masalalarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi. 

Slide 1 of 6