Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Lola MFY hududida PQ-330 doirasidagi mablag‘lar sarfi o‘rganildi ⚡️🛣
янв.21
Ibrat MFYda PQ–330-sonli qaror ijrosi deputat ishtirokida nazorat qilindi
янв.21
Gubog‘ hududida fuqarolar muammolari o‘rganildi
янв.21
📌 Lola MFYda PQ-330 mablag‘lari sarfi nazorat qilindi: elektr tarmoqlari va asfaltlash ishlari ⚡️🛣
янв.21
📌 Oydinko‘l mahallasida ajratilgan mablag‘lar sarfi o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar o‘rganildi va nazoratga olindi
янв.21
G‘azal mulkining sultoni — Alisher Navoiy
янв.21
PAYSANBA: FAOLIYAT VA MAS’ULIYAT KUNI (Deputatlik vazifalarini samarali va mas’uliyatli bajarish kuni)
янв.21
🏛 Jonli muhokama jarayoni davom etmoqda.
янв.21
Muhokama jarayonidan jonli axborot
Ijro hokimiyati va mahalliy Kengash deputatlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik

Ijro hokimiyati va mahalliy Kengash deputatlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik

Bugun, Sariosiyo tumani hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi O.Yaqubov va xalq deputatlari tuman Kengashi raisi M.Ashurov hamda deputatlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda, bugungi kunda tumanimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar har bir hudud, har bir mahalla hayotida o‘z ifodasini topayotganligi, shuningdek, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirish yo‘lida salmoqli ishlar amalga oshirilayotganligi qayd etildi.

Xususan, 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yilga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga mo‘ljallangan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi, jumladan, jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini oshirish borasida tumanda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, aholi muammolari va hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb masalalarni hal etishni ““mahalla yettiligi” - tuman Kengashi - viloyat Kengashi – Senat” tamoyili asosida kuchaytirish yo‘nalishida chora-tadbirlarni amalga oshirish hududni rivojlantirishning eng maqbul omillaridan biri ekanligini ta’kidladi.

Uchrashuvda, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari va Kengash faoliyati samaradorligini oshirish hamda deputatlar tomonidan hudud manfaatlariga oid hamda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan muhim va dolzarb masalalarni hal etish bo‘yicha imkoniyatlarni kengaytirishi xususida fikr almashildi.

Slide 1 of 4