Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Lola MFY hududida PQ-330 doirasidagi mablag‘lar sarfi o‘rganildi ⚡️🛣
янв.21
Ibrat MFYda PQ–330-sonli qaror ijrosi deputat ishtirokida nazorat qilindi
янв.21
Gubog‘ hududida fuqarolar muammolari o‘rganildi
янв.21
📌 Lola MFYda PQ-330 mablag‘lari sarfi nazorat qilindi: elektr tarmoqlari va asfaltlash ishlari ⚡️🛣
янв.21
📌 Oydinko‘l mahallasida ajratilgan mablag‘lar sarfi o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar o‘rganildi va nazoratga olindi
янв.21
G‘azal mulkining sultoni — Alisher Navoiy
янв.21
PAYSANBA: FAOLIYAT VA MAS’ULIYAT KUNI (Deputatlik vazifalarini samarali va mas’uliyatli bajarish kuni)
янв.21
🏛 Jonli muhokama jarayoni davom etmoqda.
янв.21
Muhokama jarayonidan jonli axborot
SOG‘LOM JAMIYAT — BARQAROR TARAQQIYOT GAROVI

SOG‘LOM JAMIYAT — BARQAROR TARAQQIYOT GAROVI

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Irgasheva Nilufar Uralovna tashabbusi bilan joriy yilning 9–10-fevral kunlari Navoiy shahar Kimyogar mahallasida fuqarolar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Mazkur tadbir aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va fuqarolarga malakali tibbiy maslahatlar berish maqsadida o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik jarayonida mahallada istiqomat qiluvchi turli yoshdagi fuqarolar shifokorlar tomonidan bepul tekshiruvdan o‘tkazilib, zarur tavsiya va maslahatlar oldilar.

Tadbirga jalb etilgan malakali tibbiyot xodimlari tomonidan qon bosimi, qand miqdori, yurak-qon tomir tizimi holati hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘riklar amalga oshirildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan fuqarolarga davolanish va sog‘lom turmush tarzini olib borish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Nilufar Irgasheva o‘z chiqishida aholi salomatligi har qanday jamiyat taraqqiyotining asosi ekanini ta’kidlab, bunday profilaktik tadbirlar kelgusida ham muntazam ravishda tashkil etilishini qayd etdi. Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan masalalar tinglandi.

Kimyogar mahallasi aholisi mazkur tibbiy ko‘rikni yuqori baholab, deputat tashabbusi uchun minnatdorlik bildirdi. Bunday amaliy ishlar aholi va deputat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlab, xalq manfaatlariga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 11