Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Lola MFY hududida PQ-330 doirasidagi mablag‘lar sarfi o‘rganildi ⚡️🛣
янв.21
Ibrat MFYda PQ–330-sonli qaror ijrosi deputat ishtirokida nazorat qilindi
янв.21
Gubog‘ hududida fuqarolar muammolari o‘rganildi
янв.21
📌 Lola MFYda PQ-330 mablag‘lari sarfi nazorat qilindi: elektr tarmoqlari va asfaltlash ishlari ⚡️🛣
янв.21
📌 Oydinko‘l mahallasida ajratilgan mablag‘lar sarfi o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar o‘rganildi va nazoratga olindi
янв.21
G‘azal mulkining sultoni — Alisher Navoiy
янв.21
PAYSANBA: FAOLIYAT VA MAS’ULIYAT KUNI (Deputatlik vazifalarini samarali va mas’uliyatli bajarish kuni)
янв.21
🏛 Jonli muhokama jarayoni davom etmoqda.
янв.21
Muhokama jarayonidan jonli axborot
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi faoliyati

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibida qudagi masalalar kiritildi;

- tumanda 2025-yil davomida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalar to‘g‘risida.

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-tamoillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-sonli farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman hokimligi huzurida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida.

- Mahalla uyushmasining mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi, aholi muammolarini aniqlash va hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlari to‘g‘risida.

Kun tartibiga kiritilgan har bir masala bo‘yicha ma’sul rahbarlarning hisobotlari doimiy komissiya a’zolari tomonidan dastlabki tarzda tinglanib, tegishli tartibda muhokama qilindi.

Yig‘ilishida ko‘rilgan masalalar yuzasidan qatnashuvchilarning bildirgan fikr, taklif hamda mulohazalari eshitildi. Yig‘ilish so‘ngida kun tartibidagi masalalar yuzasidan xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilish bo‘yicha doimiy komissiyaning qarori qabul qilindi.

Slide 1 of 3