Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
25-Юксалиш округи депутати томонидан Учқун МФЙда рўйхатга олиш ишлари назорат қилинмоқда
янв.21
Ўзбекистон Экологик партияси Наманган шаҳар Кенгаши Аёллар клуби аъзоси, маҳаллий Кенгаш депутати М. Хожиева томонидан Зарбдор ва Илғор маҳалла фуқаролар йиғинида ўрганиш ишлари ўтказилди.
янв.21
Депутатлик сўрови асосида муаммо жойида ўрганилди.
янв.21
Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгаши депутати сайловчилар билан учрашди.
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi o‘n beshinchi sessiyasi o‘tkazildi
янв.21
Амалга оширилган ишлари юзасидан ахборотлар
янв.21
ҲИСОБОТ ВА МАСЪУЛИЯТ: ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ ХАЛҚ НАЗАРИДА
янв.21
Халқ билан очиқ мулоқот — адолатли бошқарувнинг энг муҳим шартидир
янв.21
Сайловчилар билан очиқ мулоқот — жамият тараққиёти гарови
янв.21
Бирдамлик самараси — Бобуршоҳ маҳалласида янги ҳаёт
Prezident Murojaatnomasi yuzasidan targ‘ibot tadbirlari

 10 kun davomida Prezident Murojaatnomasi yuzasidan respublika bo‘ylab targ‘ibot
tadbirlari bo‘lib o‘tadi.
 

  Shu jumladan, Uchquduq tumanida ham targ‘ibot tadbirlari
qizg‘in pallaga kirgan.
 

“Do‘stlik” MFY da Prezident Murojaatnomasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan maxsus uchrashuv bo‘lib
o‘tdi.
  

Unda tuman hokimi o‘rinbosari N.Muratov, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i U.To‘raev, “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘linmasi tuman rahbari J.Bulekbaeva, tuman “Nuroniy” jamg‘armasi raisi I.Raximov, tuman “Mahala uyushmasi” bo‘limi boshlig‘i A.Hamidov hamda xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari M.Kamolova, G.Allanovalar ishtirok etmoqda. 

Ta’kidlanganidek, Murojaatnoma nafaqat Parlamentimiz a’zolariga,
7000 dan ortiq mahalliy kengash deputatlariga, har uch hokimiyat vakillariga, jamoatchilik
tashkilotlariga, bugun O‘zbekistonda kechayotgan tub islohotlarga xayrixohlik bilan
qarayotgan jahon hamjamiyatiga bo‘ldi desak hech bir mubolag‘a bo‘lmaydi.
 

Murojaatnomada ilgari surilgan har bir taklif moliyaviyjihatdan ta’minlangani bilan ahamiyatli. Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangibosqichida ijro hokimiyati uchun jamoat tashkilotlari jiddiy va teng huquqli, shu bilan birga hurmatga loyiq hamkor sifatida namoyon bo‘ladi. 

Natijada, davlat va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan qonun hujjatlarining to‘liq va mukammal bajarilishi mexanizmi takomillashib, jamoatchilikni yangi tashabbuslar va takliflarga undaydi.  

Slide 1 of 4