Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Амалга оширилган ишлари юзасидан ахборотлар
янв.21
ҲИСОБОТ ВА МАСЪУЛИЯТ: ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ ХАЛҚ НАЗАРИДА
янв.21
Халқ билан очиқ мулоқот — адолатли бошқарувнинг энг муҳим шартидир
янв.21
Сайловчилар билан очиқ мулоқот — жамият тараққиёти гарови
янв.21
Бирдамлик самараси — Бобуршоҳ маҳалласида янги ҳаёт
янв.21
Кенгашнинг “Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси”нинг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
🟦 ЎЗЛИДЕП депутатлари — халқ орасида!
янв.21
ЎЗЛИДЕП депутатлари сайловчиларга ҳисобот бермоқда
янв.21
Депутат учрашуви
янв.21
Коррупцияга қарши кураш - давр талаби
Deputat o‘z faoliyati to‘g‘risida saylovchilarga axborot berdi va uchrashuv o‘tkazdi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 2-Obod turmush saylov okrugidan saylangan deputat I.Xolmo‘minov tomonidan tuman Kengashi deputatlarining 2026-yilning birinchi yarim uchun saylovchilar bilan uchrashuvlar JADVALI asosida “Obod turmush” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv avvalida tuman Kengashi deputati tomonidan saylovchilariga 2025 yil davomida o‘z faoliyati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha axborot berib o‘tdi. Axborotda deputatning saylovoldi dasturi ijrosi yuzasidan qilingan ishlar; mahalliy davlat hokimiyati organiga yuborilgan deputat so‘rovlari, murojaatlar hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqidagi ma’lumotlar, tuman Kengashi sessiyasida hududiy davlat organlari mansabdor shaxslarining hisobot (axborot)larini eshitish va eshituv yakunlari bo‘yicha erishilgan natijalar haqidagi ma’lumotlar va o‘z saylov hududida axborot davri mobaynida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida saylovchilarga to‘liq ma’lumot berildi.

Deputat axborotidan so‘ng, mahallalarda uchrayotgan muammolar bo‘yicha fikr-mulohazalar tinglandi. Uchrashuvlar davomida deputatga mahalla hududida yashovchi fuqarolar tomonidan murojaatlar bo‘ldi. Ushbu murojaatlarga tushuntirishlar berilib, yechimi yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5