Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Амалга оширилган ишлари юзасидан ахборотлар
янв.21
ҲИСОБОТ ВА МАСЪУЛИЯТ: ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ ХАЛҚ НАЗАРИДА
янв.21
Халқ билан очиқ мулоқот — адолатли бошқарувнинг энг муҳим шартидир
янв.21
Сайловчилар билан очиқ мулоқот — жамият тараққиёти гарови
янв.21
Бирдамлик самараси — Бобуршоҳ маҳалласида янги ҳаёт
янв.21
Кенгашнинг “Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси”нинг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
🟦 ЎЗЛИДЕП депутатлари — халқ орасида!
янв.21
ЎЗЛИДЕП депутатлари сайловчиларга ҳисобот бермоқда
янв.21
Депутат учрашуви
янв.21
Коррупцияга қарши кураш - давр талаби
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Bekzod Bobomurodov ushbu mahallada bo‘lib, tegishli mas’ullar bilan birgalikda mahallada amalga oshirilayotgan bir qator ishlar bilan tanishdi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Bekzod Bobomurodov ushbu mahallada bo‘lib, tegishli mas’ullar bilan birgalikda mahallada amalga oshirilayotgan bir qator ishlar bilan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Alohida tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunali hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan Qiziltepa tumanidagi "Azizobod" mahallasi ham Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahallaga aylantirilmoqda.

Tuman hokimi Bekzod Bobomurodov ushbu mahallada bo‘lib, tegishli mas’ullar bilan birgalikda mahallada amalga oshirilayotgan bir qator ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish ishlari yo‘llarni asfaltlashga tayyorlash jarayonlaridan boshlandi. Ushbu mahallada dastur doirasida 11 km.dan ortiq yo‘llar asfaltlashtiriladi. Ayni kunlarda barcha yo‘llar asfalt yotqizishga tayyorlangan va qisqa fursatlarda jarayonlar boshlanadi.

Tuman hokimi quruvchi tashkilot vakillari va tegishli mas’ullar bilan birgalikda tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi, har bir asfaltlanadigan yo‘llar joylashgan ko‘chalarni piyoda yurib o‘tib, aholining muammo va takliflarini ham tingladi.

"Azizobod" mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan vazifalarni o‘rganish ishlarini mahalla markazida ham davom ettirildi. Bu yerda ham har bir tadbirkor bilan uchrashilib, bino fasadi, ta’miri bo‘yicha alohida suhbatlashildi. 

Mahalladagi o‘rganish ishlari uning kirish qismida yangi o‘rnatilayotgan, balandligi 10 metrli "Azizobod" stellasi bilan yakunlandi. Hokim stella bo‘yicha tegishli mas’ullarga o‘zining tavsiyalarini berdi.

Slide 1 of 8