Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Амалга оширилган ишлари юзасидан ахборотлар
янв.21
ҲИСОБОТ ВА МАСЪУЛИЯТ: ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ ХАЛҚ НАЗАРИДА
янв.21
Халқ билан очиқ мулоқот — адолатли бошқарувнинг энг муҳим шартидир
янв.21
Сайловчилар билан очиқ мулоқот — жамият тараққиёти гарови
янв.21
Бирдамлик самараси — Бобуршоҳ маҳалласида янги ҳаёт
янв.21
Кенгашнинг “Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси”нинг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
🟦 ЎЗЛИДЕП депутатлари — халқ орасида!
янв.21
ЎЗЛИДЕП депутатлари сайловчиларга ҳисобот бермоқда
янв.21
Депутат учрашуви
янв.21
Коррупцияга қарши кураш - давр талаби
#Ekopartiya #Jamoatchilik_nazorati

#Ekopartiya 

#Jamoatchilik_nazorati 

Qoʻshkoʻpir tuman Ekologik partiya tashkiloti raisi hamda tuman kengashi deputatlari R.Matyoqubova va G.Abdullayevalar tomonidan “Doʻstlik” mahallasi hududida joylashgan ijtimoiy obyektlarning qish-kuz mavsumiga tayyorgarlik holatini oʻrganish maqsadida “Jamoatchilik nazorati” tadbiri oʻtkazildi.

Nazorat jarayonida mahalla hududidagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari hududlari atroflicha oʻrganildi. Jumladan, binolarning umumiy holati, isitish tizimlari, ichimlik suvi ta’minoti, sanitariya-gigiyena talablari, hudud tozaligi hamda xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida ayrim muassasalarda mavsumga tayyorgarlik ishlari qoniqarli holatda olib borilayotganligi, ayrim kamchiliklar esa mas’ul idoralar tomonidan bartaraf etilishi zarurligi aniqlandi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi hamda ushbu masalalar jamoatchilik nazoratida saqlanishi qayd etildi.

Slide 1 of 1