Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Амалга оширилган ишлари юзасидан ахборотлар
янв.21
ҲИСОБОТ ВА МАСЪУЛИЯТ: ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ ХАЛҚ НАЗАРИДА
янв.21
Халқ билан очиқ мулоқот — адолатли бошқарувнинг энг муҳим шартидир
янв.21
Сайловчилар билан очиқ мулоқот — жамият тараққиёти гарови
янв.21
Бирдамлик самараси — Бобуршоҳ маҳалласида янги ҳаёт
янв.21
Кенгашнинг “Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси”нинг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
🟦 ЎЗЛИДЕП депутатлари — халқ орасида!
янв.21
ЎЗЛИДЕП депутатлари сайловчиларга ҳисобот бермоқда
янв.21
Депутат учрашуви
янв.21
Коррупцияга қарши кураш - давр талаби
XALQ DEPUTATLARI QIZILTEPA TUMANI KENGASHI RAISI, TUMAN HOKIMI GULZOR MAHALLASIDA BO‘LDI

XALQ DEPUTATLARI QIZILTEPA TUMANI KENGASHI RAISI, TUMAN HOKIMI GULZOR MAHALLASIDA BO‘LDI.

Ayni kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab kambag‘allikni qisqartirish, daromadi past oilalarning daromadini oshirish, ularning bandligini ta’minlash va har tomonlama ko‘maklashish orqali kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bu kabi vazifalar Qiziltepa tumanida ham bajarilmoqda.

Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish, daromadi past oilalar sharoiti bilan tanishish, ularning muammo va takliflarini tinglash, shuningdek, hududdagi yoshlarning muammolarini o‘rganish maqsadida tuman Kengashi raisi, tuman hokimi Bekzod Bobomurodov tegishli mas’ullar bilan birgalikda Gulzor mahallasida bo‘ldi.

Hokim mahallada piyoda yurib, bir qator daromadi past oilalar xonadonlariga kirib, ular bilan suhbatlashdi. Muammolarini tinglab, ularning aksariyatini joyida ijobiy hal etdi.

Slide 1 of 5