Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oʼzbekiston – Pokiston: yangi “yoʼl xaritasi” – amaliy hamkorlikning mustahkam poydevori.
янв.21
25-Yuksalish saylov okrugi deputati tashabbusi bilan Uchqun MFYda PQ-330 ijrosi o‘rganildi
янв.21
Lola MFY hududida PQ-330 doirasidagi mablag‘lar sarfi o‘rganildi ⚡️🛣
янв.21
Ibrat MFYda PQ–330-sonli qaror ijrosi deputat ishtirokida nazorat qilindi
янв.21
Gubog‘ hududida fuqarolar muammolari o‘rganildi
янв.21
📌 Lola MFYda PQ-330 mablag‘lari sarfi nazorat qilindi: elektr tarmoqlari va asfaltlash ishlari ⚡️🛣
янв.21
📌 Oydinko‘l mahallasida ajratilgan mablag‘lar sarfi o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar o‘rganildi va nazoratga olindi
янв.21
G‘azal mulkining sultoni — Alisher Navoiy
янв.21
PAYSANBA: FAOLIYAT VA MAS’ULIYAT KUNI (Deputatlik vazifalarini samarali va mas’uliyatli bajarish kuni)
️Deputat Akbarov Nariman Xasanovich 2025-yil 2-choragida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan axboroti

 #deputat_axboroti
#deputatlik_faoliyati
 

️Deputat
Akbarov Nariman Xasanovich 2025-yil 2-choragida amalga oshirgan faoliyati
yuzasidan axborot berdi
 

📌 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati Akbarov
Nariman Xasanovich 2025-yilning 2-choragida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan
saylovchilarga axborot berdi.
 


Axborotda taʻkidlanishicha, deputat chorak davomida xalq deputatlari Yangihayot
tumani
Kengashining oʻtkazilgan
sessiyasi va doimiy komissiya yigʻilishlarida ishtirok etib, hududdagi dolzarb
masalalar yuzasidan muhim takliflar bildirib, tashabbuslarni ilgari surgan.
 

🗣️ Shuningdek, saylovchilar bilan ochiq muloqotlarga alohida
eʻtibor qaratilib, oʻz okrugida chorak davomida 10 dan ortiq uchrashuvlar
tashkil etilgan va uchrashuvlarda aholining 40 ta muammo va masalasi koʻrib
chiqilib, ularni hal etish boʻyicha amaliy choralar koʻrilgan. 30 dan ortiq
xonadonlarga borib aholining holidan xabar olingan.
 

🟢 Deputat mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni oʻrganish,
mavjud muammolarni joyida hal qilish, infratuzilma, taʻlim, sogʻliqni saqlash,
yoshlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillarining murojaatlarini
eshitish va ularning yechimi ustida ishlashni oʻz faoliyatining ustuvor
yoʻnalishi sifatida belgilab kelmoqda.
 

🔴 Faoliyat davomida “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda olib
borilgan ishlar, joylardagi muammolarni birgalikda hal etish amaliyoti
aholining deputatlik vakolatlariga boʻlgan ishonchini mustahkamlashda muhim
omil boʻlib xizmat qilmoqda. 10 dan ortiq fuqarolarning bandligini taʼminlashag
koʻmaklashdi.
  

Slide 1 of 5