Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Lola MFY hududida PQ-330 doirasidagi mablag‘lar sarfi o‘rganildi ⚡️🛣
янв.21
Ibrat MFYda PQ–330-sonli qaror ijrosi deputat ishtirokida nazorat qilindi
янв.21
Gubog‘ hududida fuqarolar muammolari o‘rganildi
янв.21
📌 Lola MFYda PQ-330 mablag‘lari sarfi nazorat qilindi: elektr tarmoqlari va asfaltlash ishlari ⚡️🛣
янв.21
📌 Oydinko‘l mahallasida ajratilgan mablag‘lar sarfi o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar o‘rganildi va nazoratga olindi
янв.21
G‘azal mulkining sultoni — Alisher Navoiy
янв.21
PAYSANBA: FAOLIYAT VA MAS’ULIYAT KUNI (Deputatlik vazifalarini samarali va mas’uliyatli bajarish kuni)
янв.21
🏛 Jonli muhokama jarayoni davom etmoqda.
янв.21
Muhokama jarayonidan jonli axborot
O‘zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish Konsepsiyasining mazmun-mohiyati haqida

🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi PF-98-son Farmoni bilan deputatlar uchun kelgusi yillarda bir qator imtiyozlar va ular faoliyatiga aloqador vakolatlar berilishi nazarda tutilmoqda.

Birinchi navbatda deputatning deputatlik faoliyati bilan bog‘liq ishlar bilan shug‘ullanishi uchun uning asosiy ish joyi bo‘yicha ish beruvchilarning mas’uliyatini oshirish mexanizmi ishlab chiqiladi.

Bunda tashkilot rahbari o‘z xodimi bo‘lgan deputatni mahalliy Kengash sessiyasi, doimiy komissiya va partiya guruhi majlislarida ishtirok etish, saylovchilari bilan uchrashuvlar va fuqarolar qabullarini o‘tkazishga to‘sqinlik qilishiga yo‘l qo‘yilmasligi qonunchilikda belgilab qo‘yiladi.

Bundan tashqari, deputat faoliyati kafolatlarini yanada kuchaytirish maqsadida uning tegishli hududda joylashgan, moneliksiz kirishi mumkin bo‘lgan korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar doirasini va ularga kirish tartibini aniq belgilash nazarda tutilmoqda.

🟢Bu kabi imkoniyatlar xalq vakillariga tegishli hududda samarali deputatlik nazoratini amalga oshirish imkoniyatini yanada kengaytirishiga sharoit yaratadi.

Xolmurotov Yorqin Riskaliyevich – xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati