Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Lola MFY hududida PQ-330 doirasidagi mablag‘lar sarfi o‘rganildi ⚡️🛣
янв.21
Ibrat MFYda PQ–330-sonli qaror ijrosi deputat ishtirokida nazorat qilindi
янв.21
Gubog‘ hududida fuqarolar muammolari o‘rganildi
янв.21
📌 Lola MFYda PQ-330 mablag‘lari sarfi nazorat qilindi: elektr tarmoqlari va asfaltlash ishlari ⚡️🛣
янв.21
📌 Oydinko‘l mahallasida ajratilgan mablag‘lar sarfi o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar o‘rganildi va nazoratga olindi
янв.21
G‘azal mulkining sultoni — Alisher Navoiy
янв.21
PAYSANBA: FAOLIYAT VA MAS’ULIYAT KUNI (Deputatlik vazifalarini samarali va mas’uliyatli bajarish kuni)
янв.21
🏛 Jonli muhokama jarayoni davom etmoqda.
янв.21
Muhokama jarayonidan jonli axborot
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yillik bayramiga tayyorgarlik va uni o‘tkazish to‘g‘risidagi Yurtboshimizning qarorlariga munosabat.

 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yillik bayramiga tayyorgarlik va uni o‘tkazish to‘g‘risidagi Yurtboshimizning qarorlariga
munosabat. 

Mustaqillik — bu har bir millat, har bir xalq uchun eng ulug‘ va bebaho ne’mat. Bugungi kunda Vatanimizda erishilayotgan barcha yutuq va islohotlarning zamirida — aynan shu tarixiy ne’mat, ya’ni mustaqillik tufayli paydo bo‘lgan imkoniyatlar mujassam. 

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuksak ruhda o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror — davlatimizning taraqqiyot sari dadil qadam bosib borayotganini, xalq va davlat birligida amalga oshirilayotgan islohotlarning yangi bosqichga o‘tayotganini namoyon etadi. 

Men, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zosi sifatida, ushbu qarorda xalqimiz farovonligi, jamiyatda ijtimoiy adolatni ta’minlash, turmush darajasini oshirish, kam ta’minlangan va ehtiyojmand qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash kabi partiyamizning asosiy g‘oyalariga hamohang tamoyillarning mujassamlashganini alohida ta’kidlayman. 

Aholini ma’naviy-ma’rifiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, yoshlar ongida vatanparvarlik va faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga qaratilgan bayram tadbirlari orqali xalqimizning istiqlol g‘oyalariga sadoqati yanada mustahkamlanadi. 

Shu munosabat bilan, qaror ijrosini ta’minlash yo‘lida Oqoltin tumanida ham ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-maishiy tadbirlarni, jumladan, hududdagi maktablar, mahallalar, yoshlar markazlari ishtirokida o‘tkaziladigan bayram dasturlarini samarali tashkil etish — mening fuqaroviy va deputatlik burchim deb bilaman. 

Mustaqillik — bu erkin hayot, tinch osmon, ozod fikr va halol mehnat samarasidir. 

Unga munosib bo‘lish har birimizning burchimizdir! 

  

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati Iroda Quchqorova  

Slide 1 of 1