Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ўзбекистон Экологик партияси Наманган шаҳар Кенгаши Аёллар клуби аъзоси, маҳаллий Кенгаш депутати М. Хожиева томонидан Зарбдор ва Илғор маҳалла фуқаролар йиғинида ўрганиш ишлари ўтказилди.
янв.21
Депутатлик сўрови асосида муаммо жойида ўрганилди.
янв.21
Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгаши депутати сайловчилар билан учрашди.
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi o‘n beshinchi sessiyasi o‘tkazildi
янв.21
Амалга оширилган ишлари юзасидан ахборотлар
янв.21
ҲИСОБОТ ВА МАСЪУЛИЯТ: ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ ХАЛҚ НАЗАРИДА
янв.21
Халқ билан очиқ мулоқот — адолатли бошқарувнинг энг муҳим шартидир
янв.21
Сайловчилар билан очиқ мулоқот — жамият тараққиёти гарови
янв.21
Бирдамлик самараси — Бобуршоҳ маҳалласида янги ҳаёт
янв.21
Кенгашнинг “Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси”нинг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
YoShLAR – VATANNING ChINAKAM ERTASI

 YoShLAR – VATANNING ChINAKAM ERTASI 

  

 Barchamizga ma’lum “30 iyun – Yoshlar kuni” munosabati
bilan mu
htaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev yurtimiz yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda bir guruh xotin-qizlarga davlat mukofotlari topshirdi. Davlatimiz rahbari iste’dodli yoshlar bilan muloqot qilib, turli sohalardagi ilg‘or ishlanmalari va yutuqlari bilan tanishdi. Respublikamizning turli hududlaridan kelgan yoshlar davlatimiz rahbarining tabrigi va e’tirofidan minnatdor bo‘lishdi, ruhlanishdi. Bu jarayon hattoki biz deputatlarni ham ruhlantirdi. Yurtning ertangi kuni va taqdiri yoshlar bilan bog‘liq. Shu bois Yurtboshimiz yoshlarga kelajak egasi sifatida qarab, beqiyos g‘amxo‘rliklar ko‘rsatmoqda, ularning bilim va kasb cho‘qqilarini zabt etishlari uchun imkoniyat va imtiyozlar bermoqda. Bu kabi imtiyozlarga labbay deb javob berayotgan yoshlar bugun xalqaro maydonlarda ham yurtimiz nufuzini yuksaltirmoqda, jamiyatda o‘z o‘rnini mustahkamlab, atrofidagi barcha yoshlarga namuna bo‘lmoqda.  

 Farzand – oilaning baxtli bo‘lishida alohida o‘rin tutadi. Ayniqsa yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan foydalanib, iste’dodi va mahoratini namoyish etayotgan, bu orqali oilasiga baxt keltirib, ota-onasi, yaqinlarining munosabatini mustahkamlayotgan yoshlar oz emas. Men Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati sifatida saylangan hududimda ko‘proq yoshlar bilan muloqot qilaman. Chunki bugungi yoshlar
ertangi kunimizning davomchilaridir. Il
g‘or yoshlar mahallasining faxri, ishonchi va g‘ururi. Kuni kecha Yurtboshimiz yoshlar bilan uchrashib, o‘nlab yoshlarni davlat mukofotlari bilan taqdirladi. Qolaversa, Yoshlar kuni munosabati bilan, Prezidentimiz viloyatimiz farzandi,
parasportchi
qizga uy sovg‘a qildi. Uchrashuvda velosport bo‘yicha Paralimpiya terma jamoasi a’zosi Fotima Saipovani shaxsan tabriklab, uni uy bilan ta’minlash bo‘yicha Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaevga topshiriq berdi. Viloyatimiz rahbari 1 iyul kuni Fotima Saipovaga
2 xonali xonadon sov
g‘a qildi. Bu holat nafaqat men kabi deputatlarni, balki barcha yurtdoshlarimizni shod qildi. Imkoniyati cheklangan sportchi qizning e’zozlanishi, mehnatining e’tirof etilishi har bir insonning qalbida odamiylik, insoniylik tuyg‘usini oshishiga xizmat qiladi.  

 Davlatimiz rahbari uchrashuv yakunida “Ishonchim komil, biz ko‘p millatli butun xalqimiz bilan, siz, aziz farzandlarim bilan ulug‘ maqsadlarimizga, albatta yetamiz! Yangi O‘zbekistonni barchamiz birgalikda, albatta barpo etamiz”, kabi fikrlarni ta’kidlab
o‘tdilar. Uchrashuv mo
hiyatini tahlil qilar ekanman, O‘zbekiston degan jannatmakon go‘shada baxti butun, iqboli porloq yoshlar istiqomat qilishadi.  


Madhiya Nishonova,

Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashi deputati. 

   

Slide 1 of 1