Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Амалга оширилган ишлари юзасидан ахборотлар
янв.21
ҲИСОБОТ ВА МАСЪУЛИЯТ: ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ ХАЛҚ НАЗАРИДА
янв.21
Халқ билан очиқ мулоқот — адолатли бошқарувнинг энг муҳим шартидир
янв.21
Сайловчилар билан очиқ мулоқот — жамият тараққиёти гарови
янв.21
Бирдамлик самараси — Бобуршоҳ маҳалласида янги ҳаёт
янв.21
Кенгашнинг “Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси”нинг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
🟦 ЎЗЛИДЕП депутатлари — халқ орасида!
янв.21
ЎЗЛИДЕП депутатлари сайловчиларга ҳисобот бермоқда
янв.21
Депутат учрашуви
янв.21
Коррупцияга қарши кураш - давр талаби
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati yanada rivojlantiriladi

Prezident Farmoni (PF-98-son, 23.06.2025-y.) bilan
“O'zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari
faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish” konsepsiyasi tasdiqlandi. 

  

 Konsepsiyaga ko'ra,
mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tizimini rivojlantirishning
strategik maqsadlari va ustuvor yo'nalishlari etib quyidagilar belgilandi: 

  

 Mahalliy Kengashlar,
ularning organlari hamda deputatlarining nazorat faoliyatini takomillashtirish,
byudjet va hududlarni rejalashtirish jarayonlaridagi ishtirokini kuchaytirish; 

  

aholi muammolari va hudud manfaatlariga oid muhim va dolzarb
masalalarni hal etishni “mahalla yettiligi” – tuman (shahar) Kengashi –viloyat
Kengashi – Senat” tamoyili asosida kuchaytirish; 

  

 Mahalliy
Kengashlarning norma ijodkorligi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish,
qarorlar ishlab chiqishda keng jamoatchilikning keng ishtirokini ta'minlash; 

  

 Mahalliy Kengashlar deputatlarining maqomi va
faoliyatining asosiy kafolatlarini yanada kuchaytirish; 

  

 Mahalliy Kengashlar faoliyatining
tashkiliy-institusional asoslarini takomillashtirish, ularning moddiy-texnika
bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash; 

  

 Mahalliy Kengashlar faoliyatida o'zaro va
xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yish; 

   Mahalliy
Kengashlar faoliyatini to'liq raqamlashtirish, “E-Kengash” elektron
platformasini takomillashtirish.