Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan targ‘ibot va uchrashuvlar o‘tkazildi
янв.21
Jinoyatchilikni oldini olish — ustuvor vazifa
янв.21
"Birlashgan Deputatlar Yangicha Hamkorlik"
янв.21
Mahalla — taraqqiyot tayanchi
янв.21
“Bir mahalla — bir tashabbus” loyihasi doirasida
янв.21
Targ‘ibot tadbirlari
янв.21
25-Юксалиш округи депутати томонидан Учқун МФЙда рўйхатга олиш ишлари назорат қилинмоқда
янв.21
Ўзбекистон Экологик партияси Наманган шаҳар Кенгаши Аёллар клуби аъзоси, маҳаллий Кенгаш депутати М. Хожиева томонидан Зарбдор ва Илғор маҳалла фуқаролар йиғинида ўрганиш ишлари ўтказилди.
янв.21
Депутатлик сўрови асосида муаммо жойида ўрганилди.
янв.21
Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгаши депутати сайловчилар билан учрашди.
Deputatlar arxeologlar faoliyati bilan tanishdilar

 Deputatlar arxeologlar faoliyati bilan tanishdilar 

Xalq deputatlari Quva tuman
Kengashi deputatlari tomonidan hududdagi tarixiy merosni o‘rganish ishlariga alohida
e’tibor qaratilmoqda.
 

 Shu maqsadda, deputatlar tuman
markazida joylashgan “Shaxriston Qubosi” arxeologiya yodgorligida amalga oshirilayotgan
ishlar bilan tanishdilar.
 

Mazkur ob’ektda osmon ostidagi muzeyni tashkil etish bo‘yicha Xitoy Xalq
Respublikasining Lo Yang arxeologik tadqiqot instituti olimlari, Farg‘ona Davlat
Universiteti professorlari va tarix fakulteti talabalari hamkorligida arxeologik
ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
 

Ta’kidlash joizki, Qubo Shaxristonining shimoliy-g‘arbiy qismida hozirgacha
11 ta qazuv maydonlari ochilib, o‘rganildi. Shu bilan birga, Shaxristonning shimoliy-g‘arbiy
darvozasi joylashuvi aniqlandi va qadimiy davr qatlamlari tadqiq qilinmoqda.
 

Tadqiqotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad - arxeologiya sohasida hali noma’lum
bo‘lgan artefaktlarni aniqlash orqali milliy tariximizni yanada boyitishdan iborat.
 

O‘rganish jarayonida deputatlar xorijlik mutaxassislarga yaratilgan sharoitlar,
olib borilayotgan ilmiy ishlar va qazishmalar natijalari bilan yaqindan tanishdilar.
Uchrashuv davomida topilgan tarixiy artefaktlar hamda tadqiqotlarning ilmiy ahamiyati
xususida atroflicha fikr almashildi
  

Slide 1 of 9