Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan targ‘ibot va uchrashuvlar o‘tkazildi
янв.21
Jinoyatchilikni oldini olish — ustuvor vazifa
янв.21
"Birlashgan Deputatlar Yangicha Hamkorlik"
янв.21
Mahalla — taraqqiyot tayanchi
янв.21
“Bir mahalla — bir tashabbus” loyihasi doirasida
янв.21
Targ‘ibot tadbirlari
янв.21
25-Юксалиш округи депутати томонидан Учқун МФЙда рўйхатга олиш ишлари назорат қилинмоқда
янв.21
Ўзбекистон Экологик партияси Наманган шаҳар Кенгаши Аёллар клуби аъзоси, маҳаллий Кенгаш депутати М. Хожиева томонидан Зарбдор ва Илғор маҳалла фуқаролар йиғинида ўрганиш ишлари ўтказилди.
янв.21
Депутатлик сўрови асосида муаммо жойида ўрганилди.
янв.21
Халқ депутатлари Наманган шаҳар Кенгаши депутати сайловчилар билан учрашди.
MUNOSABAT

#_MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI VAKILLIK ORGANLARI FAOLIYATI YANADA RIVOJLANTIRILADI

Bugun mamlakatimizda davlat boshqaruvini isloh qilish, jumladan, mahalliy Kengashlarning ta’sir doirasini kengaytirish va mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha yangi tarixiy bosqich boshlandi.
Prezidentimiz tomonidan 2025-yil 23-iyun kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni ushbu yo‘nalishdagi tub islohotlar poydevorini yaratdi.

Mazkur konsepsiya mahalliy vakillik organlari faoliyatini aniq strategiyaga asoslangan holda qayta tashkil etish, demokratik nazoratni kuchaytirish, fuqarolarning boshqaruvdagi ishtirokini ta’minlash kabi muhim maqsadlarni o‘z ichiga oladi. Bu orqali mahalliy Kengashlar faqat maslahatchi emas, balki mas’ul va ta’sirchan organ sifatida shakllanadi.

Deputatlar mahalliy ijro organlariga o‘z taklif va talablarini aniq raqamli tahlillar asosida yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Eng muhimi, xalq manfaatini ifoda etishda va hududiy muammolarni hal etishda deputatning ta’sir doirasi sezilarli darajada kengaydi.

Darvoqe, konsepsiya asosida mahalliy Kengashlarga jami 33 ta vakolat o‘tkazildi. Ularning ichida muhim ijtimoiy-iqtisodiy qarorlarni qabul qilish, mahalliy budjet va investitsiya dasturlarini shakllantirishda ishtirok etish, ijro hokimiyatini nazorat qilish kabi mexanizmlar bor. Shuningdek, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq, mahalliy ijro va vakillik hokimiyati vakolatlari keskin ajratildi. Mahalliy Kengash raisi va hokim lavozimlari alohida belgilangani esa hokimiyatlar bo‘linishi prinsipini amalda joriy etishdagi muhim qadam bo‘ldi.

Xulosa o‘rnida aytish lozimki, mahalliy Kengashlarga berilgan yangi vakolatlar faqat deputatlarning emas, balki butun jamiyatning faolligini talab etadi.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati X.Abdimo'minov

Slide 1 of 1