Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Амалга оширилган ишлари юзасидан ахборотлар
янв.21
ҲИСОБОТ ВА МАСЪУЛИЯТ: ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ ХАЛҚ НАЗАРИДА
янв.21
Халқ билан очиқ мулоқот — адолатли бошқарувнинг энг муҳим шартидир
янв.21
Сайловчилар билан очиқ мулоқот — жамият тараққиёти гарови
янв.21
Бирдамлик самараси — Бобуршоҳ маҳалласида янги ҳаёт
янв.21
Кенгашнинг “Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси”нинг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
🟦 ЎЗЛИДЕП депутатлари — халқ орасида!
янв.21
ЎЗЛИДЕП депутатлари сайловчиларга ҳисобот бермоқда
янв.21
Депутат учрашуви
янв.21
Коррупцияга қарши кураш - давр талаби
Deputatlar tomonidan Quva tumanidagi Bo‘ston ko‘chasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi

Deputatlar tomonidan Quva tumanidagi
Bo‘ston ko‘chasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2024-yil 16-dekabrdagi PQ–440-son hamda 2025-yil 1-apreldagi PQ–132-son qarorlari
ijrosini ta’minlash doirasida Quva tumani markazida joylashgan Bo‘ston ko‘chasining
zamonaviy arxitektura qiyofasini shakllantirish, mavjud infratuzilmani yaxshilash
va aholi uchun qulay muhit yaratish maqsadida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish
ishlari xalq deputatlari Quvatuman
Kengashi deputatlari tomonidan o‘rganildi. 

Tashrif davomida deputatlar ko‘chada
barpo etilayotgan yangi inshootlar, mavjud infratuzilma holati hamda qurilish ishlarining
belgilangan muddat va sifat talablariga mos olib borilayotgani bilan yaqindan tanishdilar.
 

Muloqot chog‘ida deputatlar mas’ul
tashkilotlarga bunyodkorlik jarayonlarini Prezident qarorlarida ko‘rsatilgan talab
va me’yorlar asosida, shaffof va sifatli tashkil etish zarurligini ta’kidladilar.
Shuningdek, har bir loyiha aholi fikri va ehtiyojlarini inobatga olgan holda amalga
oshirilishi lozimligi alohida qayd etildi.
 

Ushbu tashabbuslar Quva tumanida
shaharsozlik qiyofasini tubdan yangilash, aholining yashash sharoitini yaxshilash
va zamonaviy infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan muhim amaliy qadamlar sirasiga
kiradi.
  

Slide 1 of 8