Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oʼzbekiston – Pokiston: yangi “yoʼl xaritasi” – amaliy hamkorlikning mustahkam poydevori.
янв.21
25-Yuksalish saylov okrugi deputati tashabbusi bilan Uchqun MFYda PQ-330 ijrosi o‘rganildi
янв.21
Lola MFY hududida PQ-330 doirasidagi mablag‘lar sarfi o‘rganildi ⚡️🛣
янв.21
Ibrat MFYda PQ–330-sonli qaror ijrosi deputat ishtirokida nazorat qilindi
янв.21
Gubog‘ hududida fuqarolar muammolari o‘rganildi
янв.21
📌 Lola MFYda PQ-330 mablag‘lari sarfi nazorat qilindi: elektr tarmoqlari va asfaltlash ishlari ⚡️🛣
янв.21
📌 Oydinko‘l mahallasida ajratilgan mablag‘lar sarfi o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar o‘rganildi va nazoratga olindi
янв.21
G‘azal mulkining sultoni — Alisher Navoiy
янв.21
PAYSANBA: FAOLIYAT VA MAS’ULIYAT KUNI (Deputatlik vazifalarini samarali va mas’uliyatli bajarish kuni)
Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining VII-chaqiriq to‘rtinchi sessiyasi joriy yil 26 dekabr kuni bo'lib o'tdi.

Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining VII-chaqiriq to‘rtinchi sessiyasi joriy yil 26 dekabr kuni bo'lib o'tdi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko’rib chiqildi: 

 ❇️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Zafarobod tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan tuman mahallalarida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini o‘rganish yuzasidan  axboroti to‘g‘risida;

❇️Sektor rahbarlarining “Temir daftar”, “Ayollar dafatari” va “Yoshlar dafatari” asosida amalga oshirilgan ishlar hamda hududlarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalarning bajarilishi yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;

❇️ Zafarobod tumanining 2025-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida;

❇️ tumanda yuridik va jismoniy shaxslarning egaligida bo‘lgan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha 2025-yilda bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisiyentlarni tasdiqlash to‘g‘risida;

❇️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-sonli qarori ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar va “Ayollar daftari” dan chiqarish to‘g‘risida;

❇️ tuman mahalliy byudjetining yil boshida shakllangan erkin qoldiq  mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.   

Slide 1 of 7