Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bitiruvchilar uchun ta’lim va huquq-tartibot sohasi bo‘yicha tushuntirish uchrashuvi
янв.21
Yoshlar xavfsizligi va huquqiy ong — jamiyat barqarorligining muhim omili
янв.21
Boburshoh mahallasida jinoyat yuzasidan jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot
янв.21
Deputatning “Bahor” mahallasidagi uchrashuvi
янв.21
Bolalarga yordam – mehr va e’tibor ramzi
янв.21
Kambag’allikka qarshi kurash – natija va mas’uliyat
янв.21
Navbatdagi Namangan shahar Kengashi doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
Namangan shahar Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi
“Faxriylar o‘giti – yoshlarga ibrat”

 O‘rta Chirchiq tumani
66-umumta’lim maktabida “Faxriylar o‘giti – yoshlarga ibrat” mavzusida “Uch
avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.   

Tadbirda “Nuroniylar”
jamg‘armasi tuman bo‘limi a’zosi A. Akramov, Xalq deputatlari tuman Kengashi
deputati Sh. Radjapov, “Buvijonlar maktabi” rahbari va maktab o‘quvchilari
qatnashdilar.   

So‘zga chiqqanlar
yoshlarni diniy oqimlar, jinoyatchilik va internetdagi aldovchi o‘yinlardan
saqlanish, ma’naviyatli, bilimli, vatanparvar bo‘lishga chaqirdilar. Tinchlik
qadriga yetish muhimligi alohida ta’kidlandi.   

Shuningdek, Ekologik
partiya deputati Sh.Radjapov 15-aprel – Ekologik bilimlar kuni munosabati bilan
chiqish qilib, 1992-yilda BMT tomonidan ushbu sana belgilangani va bugungi
kunda ekologik savodxonlikni oshirishga katta e’tibor qaratilayotganligi to‘g‘risida
ma’lumot berdi.  

Slide 1 of 1