Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bitiruvchilar uchun ta’lim va huquq-tartibot sohasi bo‘yicha tushuntirish uchrashuvi
янв.21
Yoshlar xavfsizligi va huquqiy ong — jamiyat barqarorligining muhim omili
янв.21
Boburshoh mahallasida jinoyat yuzasidan jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot
янв.21
Deputatning “Bahor” mahallasidagi uchrashuvi
янв.21
Bolalarga yordam – mehr va e’tibor ramzi
янв.21
Kambag’allikka qarshi kurash – natija va mas’uliyat
янв.21
Navbatdagi Namangan shahar Kengashi doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
Namangan shahar Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi
Mahalla bilan yuzma-yuz: deputat axboroti va fuqarolar bilan muloqot

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati N. Kiyamov Xonaqa mahallasida istiqomat qiluvchi saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbir mahalla hayoti, muammolar va ularning yechimlari, shuningdek, deputatning hisoboti asosida tashkil etildi.

Deputat o‘z faoliyati davomida amalga oshirgan ishlar, xalq muammolarini kengash kun tartiblariga olib chiqish, murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha olib borilgan sa’y-harakatlari yuzasidan ochiq axborot berdi. Shu bilan birga, deputatlik vakolatlari doirasida qanday tashabbuslar ilgari surilganini ham mahalla aholisi e’tiboriga havola qildi.

Uchrashuv davomida Xonaqa MFYdagi infratuzilma, ijtimoiy masalalar, bandlik, ijtimoiy faollik kabi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha taklif va fikrlar olindi. Fuqarolar tomonidan bildirgan muammolar joyida qayd etilib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

📢 Mahallada xalq bilan ochiq muloqotlar — deputatlik mas’uliyatining ajralmas qismi. Ana shunday uchrashuvlar orqali muammolar aniqlanadi, yechimlar topiladi va fuqarolarning ishonchi mustahkamlanadi.

Slide 1 of 4