Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Амалга оширилган ишлари юзасидан ахборотлар
янв.21
ҲИСОБОТ ВА МАСЪУЛИЯТ: ДЕПУТАТ ФАОЛИЯТИ ХАЛҚ НАЗАРИДА
янв.21
Халқ билан очиқ мулоқот — адолатли бошқарувнинг энг муҳим шартидир
янв.21
Сайловчилар билан очиқ мулоқот — жамият тараққиёти гарови
янв.21
Бирдамлик самараси — Бобуршоҳ маҳалласида янги ҳаёт
янв.21
Кенгашнинг “Маҳаллий бюджет, тадбиркорликни ривожлантириш ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари бўйича доимий комиссияси”нинг навбатдаги йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
🟦 ЎЗЛИДЕП депутатлари — халқ орасида!
янв.21
ЎЗЛИДЕП депутатлари сайловчиларга ҳисобот бермоқда
янв.21
Депутат учрашуви
янв.21
Коррупцияга қарши кураш - давр талаби
Xonadonlar xavfsizligi — umumiy tinchlik garovi!

 Xonadonlar xavfsizligi — umumiy tinchlik garovi! 

  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi amaliy qadam tashlandi. 

Shu munosabat bilan tumanda aholi uchun hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan masala xonadonlar xavfsizligini ta’minlash, zamonaviy himoya vositalari va signalizatsiya tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha keng muhokamali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishga tuman hokimi, tuman Kengashi raisi Uchqun Yelmuratov hamda tuman IIB boshlig‘i Anvar Radjapov boshchilik qilar ekan, fuqarolarning turmush xavfsizligini ta’minlashda texnik vositalarning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Qarorda ko‘rsatilgan vazifalar asosida har bir xonadonga himoya vositalari o‘rnatish, huquqbuzarliklarning oldini olish va fuqarolarning tinchligini ta’minlashda muhim qadam hisoblanishi qayd etildi. 

Mazkur yig‘ilish doirasida mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatilib, har bir mahallada ushbu tizimni joriy etish bo‘yicha
amaliy choralar belgilab olindi.
 

Xulosa sifatida: xonadonlar xavfsizligi nafaqat bir oilaning, balki butun jamiyatning osoyishtaligi uchun xizmat qiladi. Tuman rahbariyati tashabbusi bilan boshlangan ushbu ishlarning hayotga tatbiq etilishi aholi roziligi va himoyalangan muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 8